Melburn Sankt-Peterburg bilan birodarlik aloqalarini uzdi

Melburn Sankt-Peterburg bilan birodarlik aloqalarini uzdi

Avstraliyaning Melburn shahri Ukraina mojarosi tufayli Sankt-Peterburg bilan birodarlik aloqalarini uzdi, deb yozadi Age gazetasi sayti.

Sayt ma’lumotlariga ko‘ra, shahar kengashi Avstraliyadagi ukrain jamoatchiligi chaqirig‘iga javoban, bir ovozdan Melburn bilan Sankt-Peterburg o‘rtasidagi 34 yillik birodarlik munosabatlarini to‘xtatishga qaror qilgan.

Melburn va o‘sha vaqtdagi Leningrad deb atalgan Sankt-Peterburg shahri 1989 yilda hamkorlik bitimini imzolagan edi. Avstraliyada birodarlik sharafiga hatto esdalik uchun qiymati bir Avstraliya dollariga teng kumush tangalar ham zarb etilgandi.

Avstraliya hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgan va Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Avstraliyaning o‘zida vaqti-vaqti bilan urushga qarshi namoyishlar bo‘lib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!