Meksikada virus qurbonlari soni 100 ming kishidan oshdi

Meksikada virus qurbonlari soni 100 ming kishidan oshdi

Meksikada koronavirus oqibatida vafot etgan bemorlar soni 100 mingdan oshib, 100 104 kishiga etdi. Bir kecha-kunduzda 576 kishi vafot etdi.

Meksika qurbonlar soni 100 ming kishidan oshgan to‘rtinchi mamlakat bo‘ldi, bundan avval AQSH, Braziliya va Hindistonda ham shunday ko‘rsatkich qayd etilgan edi.

Meksikada pandemiya boshidan buyon jami 1,19 million kishi kasallikka chalingan, bir kecha-kunduzda esa o‘sish 4472 kishini tashkil qildi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha jami 56,8 million kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 1,3 million kishi vafot etgan, yana 36,4 millioni sog‘aygan. Eng ko‘p kasallanganlar AQSh (11,7 million), Hindiston (8,9 million) va Braziliyada (5,9 million) qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!