Meksikada muhojirlarning o‘limida gumonlanuvchi guruh qo‘lga olindi

Meksikada muhojirlarning o‘limida gumonlanuvchi guruh qo‘lga olindi

Meksika prokuraturasi migrasiya markazidagi yirik yong‘in natijasida 38 kishining o‘limiga mas’ul bo‘lgan sakkiz nafar gumonlanuvchini aniqlaganini tasdiqladi, deya xabar berdi BBC New.

Yong‘in ehtimoliy qotillik sifatida tekshirilmoqda.

Besh gumonlanuvchi Meksikaning AQSh chegarasidagi Syudad-Xuares shahridagi markaz qo‘riqchilari ekani aytilmoqda.

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador jinoyatchilar qonunga muvofiq jazolanishini aytdi.

Matbuot uchun brifingda so‘zga chiqqan u tergovning shaffofligini va dahshatli fojia uchun aybdorlar jazosiz qolmasligini ta’kidladi.

Ayni paytda butun Meksikani, ayniqsa Syudad-Xuaresdagi boshqa muhojirlarni va inson huquqlarini himoya qilish guruhlarini o‘ylantirayotgan savol nima uchun yong‘in boshlanganidan keyin qo‘riqchilar mahbuslarni qo‘yib yubormadi?

Muassasa ichidagi xavfsizlik kameralari tomonidan olingan 30 soniyali videoda bir kishi eshikni ochishga urinayotgani, bir necha qo‘riqchilar tashqariga chiqishdan oldin markaziy xonani alanga olgani tasvirlangan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va Meksikaning bir qator internet nashrlarida e’lon qilindi. Qo‘riqchilarning harakatsizligi ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.

Meksika rasmiylarining aytishicha, yong‘in vaqtida bino ichida 68 kishi bo‘lgan. Ularning aksariyati Gvatemaladan, qolganlari Kolumbiya, Ekvador, Salvador, Gonduras va Venesueladan edi. Rasmiylar ularning ismlarini oshkor qildi, ammo hozircha ulardan qaysi biri vafot etgani va qaysi biri tirik qolganiga aniqlik kiritmagan. Ma’lum qilinishicha, ulardan 28 nafari og‘ir jarohat olgan.

Yong‘in Meksikaga ko‘p muhojirlar oqimi fonida sodir bo‘lgan, ularning aksariyati AQShga yetib borish umidida mamlakatga kiradi.

Meksikadagi migrasiya markazidagi yong‘in oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar og‘ir jarohat oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!