“Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi

“Mehribonlik” uylari Milliy gvardiyaga biriktirildi

“Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

🏢 Qarorga ko‘ra, “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari, oilaviy bolalar uylari va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylari (o‘quv-tarbiya muassasalari) Milliy gvardiyaga biriktirildi.

💼 Milliy gvardiya tarkibida o‘quv-tarbiya muassasalarida yoshlarning ta’lim va tarbiya olish jarayonlarini hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga mas’ul Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

➡️ Qarorga ko‘ra, Oilaviy bolalar uylari va Bolalar uylariga hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalarga (25 yoshga to‘lmagan) Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchi va xodimlari biriktiriladi.

🔎 Biriktirilgan harbiy xizmatchi va xodimlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olish ahvolini va maishiy shart-sharoitlarini o‘rganadi.

📊 O‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ular tomonidan erishilgan natijalarni baholash orqali o‘quv-tarbiya muassasalarining reyting tizimi joriy qilinadi.

🎓 2022 yil 1 yanvarga qadar Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

✅ 2021 yil 1 noyabrdan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari tashkil etiladi.

📂 O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaga tarbiyaga olingan (patronat) qizlarning ijtimoiy holati har yili kamida ikki marotaba o‘rganib boriladi.

📌 Shunga ko‘ra, bu qizlar “Mehr daftari”ga kiritilib, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilishga hamda o‘quv-tarbiya muassasalaridan keyingi hayotida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi.

🩺 Shuningdek, har yili 25 nafar o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimidagi sanatoriylarda bepul davolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!