Mehnat migrantlariga mikroqarzlar beriladi

Mehnat migrantlariga mikroqarzlar beriladi

“Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4829-son, 15.09.2020 y.) qabul qilindi.

✅ Qarorga muvofiq, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimi joriy etiladi. 

📋 Xorijda ishlashga ketishdan oldin O‘zbekiston fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish amaliyotini samarali yo‘lga qo‘yish, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimini joriy qilish mazkur tizimning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

🔰 Qarorga ko‘ra:
👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hududiy filiallariga umumiy rahbarlik qiladi;
👉 Hududiy filial rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yordamchisi hisoblanadi;
👉 Hududiy filiallar xorijiy ish beruvchilar bilan kelishuvlar tuzadi hamda xorijga fuqarolarni ishga yuboradi.

🔰 Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar tashkil etiladi:
👉 Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Yapon tili va kasbiy malaka” test markazi;
👉 Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida payvandchilar maktabi;
👉 Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida ishchilar tayyorlash o‘quv markazi;
👉 Namangan viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida davlat xususiy sheriklik asosida “IT School” o‘quv markazlari, chet tillariga o‘qitish va xizmat sohasi bo‘yicha kasblarga tayyorlash o‘quv markazlari.

✅ Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan:
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi”ga kiritilgan kam ta’minlangan oila a’zosi tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi yo‘li bilan vaqtinchalik ishlash uchun xorijga chiqayotganda ularga mikroqarzlar berish tartibi joriy qilinadi;
👉 mikroqarzlar xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun 10 mln so‘mgacha miqdorda 1 yil muddatga beriladi;
👉 mikroqarz foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi kompensasiya qilinadi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!