Medvedev: Rossiya Ukrainaga yadroviy zarba beradi, agar...

Medvedev: Rossiya Ukrainaga yadroviy zarba beradi, agar...

Agar G‘arb ittifoqchilari Ukrainani yadro quroli bilan ta’minlasa, Rossiya Ukrainaga qarshi yadroviy zarba berishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

Uning fikricha, Kiyevga G‘arb qurollarining ortib borayotgani Ukraina Qurolli kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari, tanklari va samolyotlaridan so‘ng ular ham yadro qurolini olishlari mumkinligidan dalolat beradi.

“Ammo keyin bu yadroviy zaryadli raketa ularga yetib kelishini anglatadi. Urushning qaytarilmas qonunlari mavjud. Agar gap yadroviy qurolga kelsa, oldindan zarba berish kerak bo‘ladi”, - dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!