«Meduza» asoschilaridan birini josuslik dasturi orqali kuzatishgan

A A A
«Meduza» asoschilaridan birini josuslik dasturi orqali kuzatishgan

Rossiyadagi eng yirik mustaqil nashrlardan biri «Meduza» asoschilaridan biri Galina Timchenkoning telefoni isroillik sobiq razvedkachilar yaratgan Pegasus josuslik dasturi orqali kuzatilgan. Bu haqda nashr e’lon qilgan surishtiruvda aytiladi. Agar chindan shunday bo‘lsa, Timchenko Isroilda faoliyat yurituvchi NSO Group yaratgan Pegasus dasturi orqali telefoni buzib kirilgan birinchi rossiyalik bo‘lgan.

Prigojin isyoni kuni

2023 yil 23 iyun kuni Rossiyada hamma Yevgeniy Prigojinning harbiy isyoni haqida gapirayotgan bir vaqtda «Meduza» asoschilaridan biri Galina Timchenkoga nashrning Rigadagi ofisi texnik bo‘limidan telefon qilishadi. Timchenko u bilan gaplashgan bo‘lim boshlig‘i Alekseyning so‘zlaridan nimadir muammo bo‘lganini sezadi.

Faqat mana shu qo‘ng‘iroqdan keyingina Timchenko avvalroq Apple'dan kelgan «Telefon hukumat ta’siridagi hakerlar hujumiga uchragan bo‘lishi mumkinligi» haqidagi sms xabarnomani esladi. «Meduza» uzoq yillar davomida Rossiyada turli xil hakerlik hujumlariga uchragani sabab Timchenko bunga e’tibor qaratmagandi.

Rigadagi tahririyat ofisiga borganida Timchenkoga uni telefoni orqali kuzatgan bo‘lishlari mumkinligini aytishadi-da, telefoni va kompyuterini olib tekshirishni boshlashadi. Apple'dan kelgan smsni ham taqqoslab, chindan muammo borligiga amin bo‘lishgach, bu borada mutaxassis bo‘lgan Access Now internet bo‘yicha huquq himoyachilariga murojaat qilishadi. Ular ko‘plab hakerlik hujumiga uchragan jurnalist va huquqbonlarga yordam berishgan.

Yordamga Citizen Lab texnik mutaxassislari ham jalb qilinadi va ular birgalikda Galina Timchenkoning telefoni Pegasus josuslik dasturi orqali buzib kirilganini aniqlashadi. Bu dastur isroillik sobiq razvedkachilar tomonidan yaratilgan va dunyoning ko‘plab maxsus xizmatlari undan foydalanadi.

Pegasus josuslik dasturi. Dunyo bo‘ylab maxsus xizmatlar telefonlarni sezdirmay kuzatgani aytilmoqda

Tahlillar natijasida Galina Timchenkoning telefoni faqat va faqat davlat maxsus xizmatlari ishlata oladigan josuslik dasturi orqali 2023 yil 10 fevral kuni buzib kirilgani aniqlanadi. Shu tariqa jurnalistning telefonida mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlar kimligi aniq bo‘lmagan davlat maxsus xizmatlari qo‘liga tushib qoladi. Bu dastur sim-karta orqali telefonga kirish imkonini qo‘lga kiritgach, unga joylashib olib ekranda ko‘rinadigan har qanday ma’lumot, telefon geolokasiyasigacha aniqlay oladi. Bu dastur orqali kurilmadagi alohida parollangan messenjerlardagi yozishmalarni ham bemalol ko‘rish mumkin.

Isroillik sobiq razvedkachilar ishlab chiqqan ushbu dastur asoschilari uni faqat davlat maxsus xizmatlariga maxsus ruxsatnoma bilan sotishlarini iddao qiladi. Yana ularning iddaosiga ko‘ra, Pegasus dasturi terrorchilarni kuzatish uchun yaratilgan, lekin hozirgacha ushbu dastur orqali kuzatilgan terrorchi qo‘lga olingani haqida ma’lumot yo‘q. Ammo o‘nlab huquq faollari, jurnalist va muxolifatchilar ushbu josuslik dasturi qurboni bo‘lgani ma’lum. Masalan, saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilishidan biroz avval uning xotiniga tegishli telefon aynan Pegasus orqali buzib kirilgan.

Meksikalik jurnalist Sesilion Pinedu Birto hukumat vakillari uning telefonini Pegasus dasturi bilan kuzatishga qaror qilganidan bir necha hafta o‘tib otib ketilgan. BAA va Tailandda esa bu dastur orqali kuzatilgan muxolifatchilar ko‘p o‘tmay qamalgan.

Hozirgacha bu xalqaro qonunlarga zid bo‘lgan dastur orqali necha kishining telefoni buzib kirilgani Pegasus ustida jiddiy surishtiruvlar olib borganlarga ham aniq emas. Lekin bu josuslik dasturi qanday tartibda sotilishi haqida ma’lumot bor. Masalan, hukumatlar maxsus xizmatlari Pegasus asoschilaridan har bir virus uchun alohida shartnoma olishadi. Ya’ni 10 kishi yoki 20 kishining telefonini buzib kirish uchun alohida shartnoma olinadi. Har bir buzib kirish narxi o‘nlab million dollar turadi.

Citizen Lab tahlilchilariga ko‘ra, Timchenkoning telefoniga HomeKit yoki iMessage ilovalari orqali buzib kirishgan.

Germaniyadagi tadbir oldidan

Odatda Pegasus josuslik dasturi orqali kimningdir telefoni bu ob’ekt qandaydir yirik tadbirda ishtirok etishidan avval buzib kiriladi. Mutaxassislarning aytishicha, isroilliklar o‘ylab topgan jirkanch dastur yordamida buzib kirilgan telefondan keyinchalik atrofdagilarni eshitish, hatto kamerani oflayn yoqish orqali ko‘rib turish ham mumkin. Va bularning hech biri uchun qurilma internetga ulangan bo‘lishi shart emas.

Timchenkoning telefonini 2023 yil 10 fevral kuni buzib kirishadi. Ertasiga esa Timchenko bu haqda bilmagan holda Berlindagi Rossiya mustaqil OAVlari uchun o‘tkazilgan konferensiyada qatnashadi.

Kim qilgan? Katta ehtimol, Rossiya emas

Timchenkoning eslashicha, telefonini buzib kirishganini eslagach, xayoliga kelgan yagona davlat Rossiya bo‘lgan: «Yana qaysi davlat maxsus xizmatlariga kerak bo‘lishim mumkin?» deydi jurnalist. Ammo hozirgacha Rossiya Pegasus josuslik dasturi orqali kimningdir telefonini buzib kirgani, umuman bu dasturni sotib olgani haqida ham ma’lumot yo‘q.

Bu jirkanch josuslik dasturi asoschilarining aytishicha, Rossiya ularning mahsulotini sotib olishni juda xohlagan, lekin bunga Isroil tomoni ruxsat bermagan. Ha, Pegasus asoschilari o‘z dasturlarini Isroil ruxsatisiz hech kimga sotmasligi, «Isroil va AQSh manfaatlariga zid ish qilmasligini» iddao qiladi. Boshqa versiyaga ko‘ra, Rossiya tomoni bu dastur Isroil tomoni bilan kelishgan holda ishlashi uchun uni sotib olishni istamagan.

Citizen Lab mutaxassislari 2016 yilda ilk marta Pegasus josuslik dasturining izini aniqlashgan va ular shundan buyon qaysi davlatlar bu dasturdan ko‘proq foydalanishini tahlil qilib keladi. Bu kompaniya texniklari hozirgacha Rossiyadan turib ham, Rossiyadagi ob’ektga nisbatan ham bu dastur ishlaganini aniqlamagan.

Rossiyaga sotishmagan bo‘lsa, bu ishni Moskva so‘rovi bilan boshqa davlat qilishi mumkin-ku, degan savol paydo bo‘ladi. Chindan shunday, bu dasturdan foydalanadigan davlatlar orasida «Rossiyaga yo‘q deya olmaydiganlar» ham topiladi. Masalan, Qozog‘iston yoki Ozarboyjon. Masalan, Qozog‘iston hech qanday ogohlantirishsiz «Meduza»ni ikki marta bloklab qo‘ygan va Timchenkoga ham ular hujum qilgan deb o‘ylashga kamida asos bor.

Lekin tahlilchilar bu variantni istisno qiladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonga dasturning faqat mamlakat ichidagi telefonlarga hujum qila oladigan versiyasi sotilgan. Ozarboyjon esa bu dastur orqali shu vaqtgacha faqat Armanistondagi nishonlarga hujum qilib kelgani aniqlangan. Qozog‘iston va Ozarboyjon hozirgacha Yevropadagi hech bir nishonga hujum qilishdek tavakkalga qo‘l urmagan. Texniklarga ko‘ra, ularda bunday imkoniyat ham yo‘q.

Latviya, Litva yoki Estoniya

Keyingi variant Rossiyani anchadan buyon xushlamaydigan Boltiqbo‘yi davlatlari. Access Now tahlilida aytilishicha, Latviyada Ukrainaga bosqindan keyin har qanday rossiyalikni jiddiy tekshirish kerak deb hisoblashgani sabab Timchenko hujumi ortida aynan Riga turgan bo‘lishi ham mumkin. Shu o‘rinda Chexiya prezidenti Petr Pavelning ushbu so‘zlari esga keladi: «Agressiv urush boshlagan davlat fuqarolarini G‘arb maxsus xizmatlari obdan tekshirishi kerak».

Citizen Lab hozirgacha Latviya maxsus xizmatlari Pegasus orqali mamlakat tashqarisidagi nishonlarga hujum qilganini aniqlamagan. Timchenko esa hujum vaqtida Berlinda bo‘lgan. «Meduza» so‘roviga ko‘ra Latviya Xavfsizlik xizmati Galina Timchenko telefoniga amalga oshirilgan hujum haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini ma’lum qilgan.

Yana bir gumondor davlat – Estoniya. Citizen Lab mutaxassisi Skott-Reyltonning aytishicha, Estoniya ham Pegasus dasturini sotib olgan va undan mamlakat tashqarisidagi nishonlar uchun ham foydalangan. Estoniya razvedkasi bu boradagi «Meduza» so‘rovini javobsiz qoldirgan.

Va nihoyat, oxirgi gumon Germaniyadan. Ma’lumotlar daxlsizligi bo‘yicha Yevropa komissari hisobotida aytilishicha, Germaniya Pegasus josuslik dasturining go‘yoki qonunlarga zid bo‘lmagan «Pegasus-layt» versiyasini ishlatadi. Lekin xuddi shu hisobotda Pegasus dasturi Yevropa qonunchiligiga zid ekani aytilgan.

Rossiyalik mustaqil jurnalist telefonini Germaniya razvedkasi buzib kirgani bo‘yicha gumonni kuchaytiradigan yana bir omil nemislar tijoriy josuslik dasturlaridan foydalanmaslik bo‘yicha kelishuvni imzolamaganidir. Masalan, Fransiya, Daniya va Shvesiya kabi Yevropa davlatlari bu kelishuvni imzolagan.

Access Now tahliliga ko‘ra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin eng ko‘p ruslar ko‘chib borgan davlatlar – Latviya, Estoniya, Germaniya va Niderlandiya Pegasus dasturidan foydalanadi. Kompaniya mutaxassislari Timchenko telefoniga qilingan hujum bu yilda Yevropadagi nishonlarga amalga oshirilgan xuddi shu ko‘rinishdagi to‘rtinchi holat ekanini aniqlagan.

Pegasus asoschilari javob bermadi

«Meduza» bosh muharriri Ivan Kolpakov sayt asoschilaridan birining telefoniga buzib kirishganiga munosabat bildirdi: «Bu Yevropa hukumatlaridan birining ishi ekani haqidagi versiyani muhokama qilayotganimizning o‘zidan hayratdaman. Juda sodda odamdirman, lekin bunaqasi bo‘lmaydi deb o‘ylardim. Buning oqibatlari yomon bo‘ladi, gap faqat bizning emas, butun Yevropa mediasi haqida ketmoqda. Rossiyalik jurnalist telefoniga bunday dastur o‘rnatgan Yevropa hukumatini xuddi shu ishni yevropalik jurnalist bilan ham qilishdan nima qaytarishi mumkin?» degan u.

Galina Timchenkoning o‘zi jim turmasligi, yuristlar aytgan ishni qilishini aytdi. Isroillik Pegasus asoschilari bo‘lmish NSO Group kompaniyasi vakillari esa «Meduza»ning so‘rovlariga javob bermadi. Ular hatto bunday dastur Rossiya fuqarolariga qarshi ishlatilgan yoki yo‘qligi haqida savolga ham javob berishni istamagan.

Timchenkoning so‘zlariga ko‘ra, uning eski telefonidan Pegasus dasturi o‘chirib tashlangan. Shunga qaramay, u telefonini xotira uchun olib qo‘yishini aytdi: «Kuzataveringlar, la’natilar. U telefonimda pardozchim bilan yozishmalardan boshqa hech narsa yo‘q», deydi jurnalist.

Hozirda NSO Group ustidan sudga ikkita ariza tushgan. Ulardan biri Pegasus asoschilarini «axloqsiz yollanma askarlar» deb ataydigan Apple tomonidan berilgan. iPhone smartfonlari yaratuvchisi bo‘lmish Apple kompaniyasining dasturiy ta’minot bo‘yicha vise-prezidenti Kreyg Federigi bu haqda shunday degan: «Davlat qo‘llovidagi NSO Group kabi tashkilotlar texnikalarni kuzatishga millionlab dollar sarflab, bu uchun hech qanday mas’uliyatni gardaniga olmayapti. Bu o‘zgarishi kerak».

Ma’lumot uchun, AQSh NSO Group bilan biznes aloqa o‘rnatishni mamlakatdagi barcha tijoriy va davlat kompaniyalari uchun taqiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

Kreml milliardlab topmoqda, Yevropa esa milliardlab sarflamoqda

Россия Европанинг Украинага сарфлайдиганидан кўпроқ даромад олади.

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Toshkentda 49 yoshli shilqim qaynota qamaldi

Мазкур ҳолат юзасидан суд иши ЖИБ Янгиҳаёт туманида кўриб чиқилди.

Rossiya qozog‘istonliklarni kiritmayapti

Қозоғистонликлар Россияга киришда тобора кўпроқ тақиқ олмоқда. "Адолат йўли" уюшмаси ижрочи директори Дидар Смагулов шундай вазиятга дуч келди.

Durov: "Men rusman!"

Telegram асосчиси айбловларга раддия берди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Malibu XL sotuvi 1 soatda yakunlandi

UzAuto Motors компанияси 29 май куни соат 14:40 да Сhevrolet Malibu XL автомобили учун контрактация қайта бошланганини маълум қилди.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Germaniyani ogohlantirdi

Аввалроқ Германия канслери Мерц Киевга етказиб бериладиган қурол-яроғ турларига чекловлар олиб ташланиши ва уларни биргаликда ишлаб чиқаришни молиялаштириш ҳақида маълум қилганди.

Koronavirusning yangi to‘lqini tobora kengroq tarqalmoqda

Маълумотларга кўра, Гонконгда кекса ёшлилар орасида ўлим ҳолатлари қайд этилмоқда,

Rossiyada kartoshka yetishmayapti: Hatto Lukashenko ham endi yordam bera olmaydi

Россияда картошка нархи сўнгги ойларда кескин ошиб, йил бошидан буён 52 фоизга ошди.

Putin Yaponiya sobiq bosh vazirining bevasini ko‘z yoshlarga botirdi

Россия президенти Владимир Путин Москвада қотилликка учраган Япония собиқ бош вазири Синдзо Абенинг хотини Акиэ Абе билан учрашди.

AQSh eng kuchli yadro aviabombasini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda

В61-13 нинг қуввати 360 килотоннага етади. Бу АҚШ ядро қурол-яроғидаги энг кучли жанговар бошқисмлардан бири ҳисобланади.

"Biz Sumi va Xarkov viloyatlarini olamiz"

Россия делегацияси айнан шу сўзларни Истанбулда украиналикларга айтган.

"Odamlar och edi va hamma narsani olib ketishdi"

Кўчирилган фаластинлик эркак Ғазода АҚШ қўллаб-қувватлайдиган янги ёрдам тизими доирасида ёрдам сўраб келган одамларнинг тартибсиз ҳолатини тасвирлаб берди.

NATO–Rossiya urushi bashorat qilindi

АҚШ Ҳарбий-ҳаво кучлари буюртмасига кўра тайёрланган Ранд корпорациясининг янги таҳлилий ҳисоботида НАТО ва Россия ўртасидаги эҳтимолий ҳарбий тўқнашувнинг бориши башорат қилинган.

Putin yaxshi kayfiyatning sirini oshkor qildi

Россия президенти Владимир Путин яхши жисмоний ҳолат ва ташқи кўринишни сақлаб қолиш сирлари ҳақида гапирди.

Qo‘qonda do‘kon oldidagi tortishuv qotillik bilan tugadi – haydovchi 8,5 yilga qamaldi (VIDEO)

Фарғона вилоятида қасддан танишини қайта-қайта босиб кетиб, ўлимига сабабчи бўлган ҳайдовчига суд ҳукми ўқилди.

Tolibonning afyunga qarshi kurashi: muvaffaqiyatga erishish mumkinmi?

Толибон раҳбарияти мамлакатда опиум манбаи бўлган кўкнор етиштиришни қатъиян тақиқлади ва бу борада кескин чоралар эълон қилинди.

Qarshida 1,7 kg. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.

Afrosiyob poyezdi emas, manyovr teplovozi yondi — O‘zbekiston temir yo‘llari

Воқеа жойига етиб келган мутахассислар томонидан ёнғин ўчирилди. Компания ёнғин ҳақида кейинроқ маълумот беришга ваъда берди.

Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kelingan 5 mlrd. 353 mln. so‘mlik dori vositalari to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, сифати кафолатланмаган ушбу дори воситаларининг умумий қиймати 5 млрд. 353 млн. сўмни ташкил этади.

Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyor

АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.

Argentina prezidenti Xaver Miley AQSh vazirini oltin benzin arra bilan kutib oldi — siyosatda yangi ramz!

27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.

Germaniya to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga aralashmoqda

Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.

Narkoz ostida zo‘rlangan bolalar: jarroh 20 yilga qamaldi

Шифокор 299 нафар беморга нисбатан зўрлаш ва бошқа жинсий зўравонлик ҳаракатларини содир этган, уларнинг 256 нафари 15 ёшдан кичик болалар бўлган.

Tramp Netanyahuni ogohlantirdi

Эронга қарши ҳар қандай ҳаракат музокараларни издан чиқариши мумкин.

Putinning Ukraina urushini to‘xtatish uchun qo‘ygan qat’iy talablari oshkor bo‘ldi!

Путин Украина урушини тўхтатиш учун Ғарбдан ёзма мажбурият талаб қилмоқда!

“Ukraina NATO sammitida bo‘lmasa, Putin yutadi”

Украина июн ойида ўтказиладиган NATO саммитида иштирок этиши керак.

Berlindan "uzoq masofali salom"

Украинада немис қуроллари ишлаб чиқарилади — Германиядан тарихий қадам.

Yaqin yillar ichida Kaliforniyada halokatli zilzila yuz berishi mumkin

USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.

Fransiyada evtanaziya haqida qonun qabul qilindi

Франция Миллий Ассамблеясининг 305 нафар аъзоси шифокорлар ёрдамида ўз жонига қасд қилишни қўллаб-қувватлаган

Яқин йиллар ичида Калифорнияда ҳалокатли зилзила юз бериши мумкин

USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.

Францияда эвтаназия ҳақида қонун қабул қилинди

Франция Миллий Ассамблеясининг 305 нафар аъзоси шифокорлар ёрдамида ўз жонига қасд қилишни қўллаб-қувватлаган

Россияда 11 нафар ўзбекистонлик ҳибсга олинди

Шунингдек, воқеа юзасидан қасддан баданга ўртача оғирликдаги тан жароҳати етказиш ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатилган

“Қамчиқ” довонида “Gentra” хандаққа тушиб кетди

Яна бир автомобиль – “Мерседес” ҳайдовчиси бошқарувни йўқотиб, йўл ўртасидаги темир тўсиққа урилган.

SWS3 — Хитойнинг дронларга қарши қўрқинчли жавоби

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Асирликда ҳалок бўлган 200 нафар аскар: жонлар ҳисобидаги уруш ҳақиқати

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

АҚШнинг режаси бор, аммо у ҳеч кимга маъқул келмаяпти

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Тошкент шаҳрида 800 нафар фуқаро уй оламан деб 200 млрд сўмдан ортиқ пулларидан айрилди

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Наманганда «Сўнгги қўнғироқ» вақтида қизларнинг сочи ёниб кетди

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Ливерпулда автомобил одамларни босиб кетиши оқибатида 27 киши жароҳатланди

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Наманганда дарахтга урилган Nexia-3 ичидаги 19 ёшли ҳайдовчиси билан ёниб кетди

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 ёшли қизни фоҳишалик учун Россияга жўнатмоқчи бўлган аёл ушланди

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.

Россиянинг Воронеж шаҳрида бир талаба хонадошини гигиенага риоясизлиги сабабли ўлдирди

Навбатдаги жанжалдан сўнг сабр-тоқат косаси тўлган йигит пичоқ олиб, Максимнинг томоғини кесган.

Украина Patriot зенит-ракета мажмуаларининг танқислигини бошдан кечирмоқда — Тhe Washington Post

Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.

"Куч ишлатилмаса, Путин ечим изламайди"

Россиянинг Украинада урушни тўхтатиш истагини билдирувчи белгилар йўқ.

Медведевнинг режаси Россияга 50 миллион аскарга тушади

Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.

"Ҳаққоний ваъда"га тайёрмиз – Эрон Исроилни огоҳлантирди

"Исроилда жиноятчилар ва аҳмоқлар ҳокимият тепасида тургани сабабли ҳар қандай хато юз бериши мумкин".

Макрон: Трамп Путиннинг унга ёлғон гапиргани англади

"АҚШ президенти Доналд Трамп Россия диктатори Владимир Путиннинг тинчликка тайёрлик ҳақидаги сўзлари ёлғон эканини тушуниб етди".

Хитой жанубида кучли ёмғир ёғди, қурбонлар бор

Метеорологларнинг маълумотларига кўра, 2025 йил бошидан бери энг кучли ёмғир 27-29 май кунлари Хитой жанубида бўлади. Табиий офатлар хавфи ортади.

Россия армияси Украинага тунги ҳужумда 350 дан ортиқ дрондан фойдаланди

Маълум қилинишича, Украина ҳаво мудофааси барча 9 та Х-101 ракетасини уриб туширган ҳамда 288 та дронни йўқ қилган.

“Қамчиқ"да хандаққа тушиб кетган юк машинаси олиб чиқилди

Хабарга асосан, қутқарув отряди айтилган манзилга етиб бориб, махсус техника ва асбоб-анжомлар ёрдамида юк автомашинаси хандақдан олиб чиқилган.

Макрон рафиқасидан тарсаки еди

Франциянинг BFM RMC нашрининг ёзишича, Елисей саройи бу видео ҳақиқий эканини тасдиқлаган.

Сирдарёда уч киши қудуқдаги газдан заҳарланиб ҳалок бўлди

Яна икки киши ҳушини йўқотган, уларга тиббий ёрдам кўрсатилиб, шифохонага ётқизилган.

Исроил Ғазо секторига барча мунтазам ҳарбий бригадаларини киритди

Аввалроқ Исроил расмийлари ХАМАС маҳбуслар масаласида келишувга эришиб, қуролсизлантирилгунига қадар ЦАХАЛ ҳужумларини давом эттиришини билдирган эди.

Исроилнинг Ғазодаги мактабга ҳужумида 20 киши ҳалок бўлди

Сўнгги маэълумотларга кўра, ЦАХАЛ барча оддий пиёда ва зирҳли бригадаларини Ғазога киритган.

Трамп Украинани иккинчи Афғонистонга айлантирмоқчими?

Бу АҚШ президентининг Украинани қўллаб-қувватлашдан бош тортиши ҳақидаги экспертларнинг фикри.

Газли ичимлик оқибати: эркакдан 35 та тош олиб ташланди!

Кунига уч литргача Coca-Cola ичадиган эркакнинг пешоб қопчасидан 35 дона тош олиб ташланди.

Медведевнинг хаёллари

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Хитой Россияни қуроллантирмоқда

Украина Ташқи разведка хизмати Россиянинг 20 та заводи ҳақида ишончли маълумотларга эга. 2024-2025 йиллар мобайнида Россия ва Хитой ўртасида авиация соҳасидаги ҳамкорликнинг камида 5 та ҳолати қайд этилган.

Тошкентда кучли шамол оқибатида дарахт босиб қолган одам ҳалок бўлди

Иккинчи фуқарога бош мия жароҳати сабабли жарроҳлик амалиёти ўтказилган, у ҳозирда оғир ҳолатда реанимация бўлимида даволанмоқда.

Россия бутун Украина бўйлаб кенг кўламли комбинацияланган зарбалар берди — ОАВ

Украина Фавқулодда ҳолатлар давлат хизмати маълумотларига кўра, Хмелницкий вилоятида тўрт киши ҳалок бўлгани ва беш киши яралангани ҳақида хабар берилган.

Чилонзорда Nexia-3 ва Lacetti тўқнашди

ЙТҲ натижасида ҳар иккала транспорт воситаси ҳайдовчиси ҳамда Nexia-3 автомашина йўловчисига биринчи ёрдам кўрсатилган.

Фарғонада 49 ёшли аёл ҳам кўкнори билан қўлга тушди

Мазкур ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилган

Таиландда яна бир полиция вертолёти ҳалокатга учради

Расмийларнинг билдиришича, вертолёт ҳалокатга учрагунга қадар уч киши ҳалок бўлган ва бир киши парашютдан сакрашга муваффақ бўлган.

“Бу энг бемаъни гап!” — АҚШ баёнотига Ғазодан жавоб

Фаластинлик таҳлилчи АҚШ элчисининг ҲАМАС ёрдамни ўзлаштирмоқда деган даъвосини рад этди.

“Анъаналаримизни масхара қилишди”: Марубо қабиласи 180 миллион долларлик даъво қўзғади

Амазонка қабиласи уларни "порнога тобе" деб тасвирлаган мақола сабабли New York Times’га қарши суд даъвоси очди.

Лукашенко: "Бизнинг авлоддан кейин эркак қолмайди"

Лукашенко демографик инқироз "эркаклар тугаб қолгани" билан боғлиқлигини таъкидлади.

Кислица Истанбул музокараларининг тафсилотларини маълум қилди

Истанбулда ўтказилган Украина ва Россия делегациялари ўртасидаги музокаралар пайтида тўрт тилда таржима ташкил этилди, бу эса томонларга самарали ахборот алмашиш имкониятини яратди.

Жиноятчи Исроил қамали оқибати: Ғазода болалар туғилмай туриб ҳалок бўлмоқда

Ғазо ҳукуматининг Оммавий ахборот воситалари бошқармаси анклавда озиқ-овқат етишмаслиги туфайли ҳомиладор аёлларда 300 та ҳомила тушиши ҳолатини қайд этди.

Россияликлар Сумига ёриб кирди, шиддатли жанглар давом этмоқда

Қайд этилишича, ҳозирда Россия қўшинлари Беловод ва Локни шаҳарларига босимни давом эттирмоқда, у ерда шиддатли жанглар кетмоқда. Мақсад - "буфер зона" яратиш.