Mbappe: Platinadan o‘zib ketsam ham, u yurtimizning afsonaviy futbolchisi bo‘lib qolaveradi

Mbappe: Platinadan o‘zib ketsam ham, u yurtimizning afsonaviy futbolchisi bo‘lib qolaveradi

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe terma jamoadagi to‘purarlik borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U hozirda Fransiya terma jamoasi to‘purarlar ro‘yxatida Mishel Platinidan 3 ta gol ortda qolib, 5-o‘rinni egallab turibdi.

"Platinigacha uchta gol? Bu men zabt etishim kerak bo‘lgan yana bir to‘siq. Platini Fransiyaning mutlaq afsonasi. Undan o‘zib ketsam ham, u yurtimizning afsonaviy futbolchisi bo‘lib qolaveradi. Men yo‘limda davom etish niyatidaman va u Mishelning rekordidan o‘tadi”, - dedi Mbappe matbuot anjumanida.

24 yoshli hujumchi Fransiya terma jamoasi safida 67ta o‘yinda maydonga tushib, 38ta gol urgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!