Mbappe oy oxirigacha PSJdan ketmoqchi

Mbappe oy oxirigacha PSJdan ketmoqchi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe avgust oyidayoq jamoadan ketishi mumkin.

22 yoshli fransuz jamoa bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti, bundan tashqari, uning parijliklar sport direktori Leonardo bilan munosabatlari yaxshi emas.

Shu sabab o‘yinchi bilan PSJ prezidenti Nosir Al Xelayfi muzokalar olib bormoqda va u yaqin vaqt ichida forvardni jamoada qolishga ko‘ndirish uchun uchrashadi.

Qayd etish kerakki, futbolchining o‘zi Al Xelayfining taklifiga ko‘nmoqchi emas, ammo hujumchini xarid qilish bo‘yicha taklif kelib tushmadi.

Mbappe 2021/22 yilgi mavsum 1 ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Uning PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so‘nggiga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!