Mbappe futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi sardori bo‘ldi

Mbappe futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi sardori bo‘ldi

Hujumchi Kilian Mbappe futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi sardori etib tayinlandi.

Lequipe nashrining yozishicha, Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 24 yoshli futbolchini sardor etib tayinlashga qaror qilgan.

Bungacha darvozabon Ugo Lyoris sardorlik qilgan. U 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida Argentinaga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Kilian Mbappe 24 mart kuni ilk bor o‘z jamoasi sardori bo‘ladi. Shu kuni Fransiya 2024 yilgi Yevropa chempionati saralashining birinchi bosqichida o‘z maydonida Niderlandiyani qabul qiladi.

Mbappe Fransiya terma jamoasida 2017 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u 66 uchrashuvda 36 ta gol urdi. U jamoasi bilan birgalikda 2018 yilda jahon chempioni bo‘lgan, o‘tgan yili esa kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish tartibi tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!