Mayyitning qarzini kim ado qiladi?

A A A
Mayyitning qarzini kim ado qiladi?

Xalqimizda mayitga janoza o‘qishdan oldin uning yaqinlaridan “Agar marhumning bandalardan qarzlari bo‘lsa ado etasizmi?”, deb so‘rash, so‘ng tasdiq javobini olgach janoza namozi o‘qilishi odati bor. Ushbu holatni shar’iy nuqtai nazardan baholashdan oldin islom fiqhidagi “Kafolat” va “Havolat” mavzulariga qisqacha murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.

Kafolat – talab etishda zimmani zimmaga qo‘shish. Ya’ni qarzni talab qilishda kafilning zimmasini qarzdorning zimmasiga qo‘shishdir. Bu bilan qarz kafilning zimmasida sobit, qarzdorning zimmasidan esa soqit bo‘lmaydi. Havolat – talab etishni qarzdor zimmasidan multazim (to‘lash majburiyatini olgan)ning zimmasiga ko‘chirishdir.

Kafolatda talab etishda zimmani qo‘shish edi, ko‘chirish emas. Unda qarzni qarzdordan ham, kafildan ham talab etsa bo‘lardi. Ammo havolatda esa keyin qarzdordan qarzni talab etilmaydi. Shularni mulohaza qilganda bizning mavzumiz kafolat masalalariga tegishlidir. Chunki mayyitning o‘z moli bo‘lsa qarzini undan ado etiladi, kafildan emas. Agar moli bo‘lmasa shunda kafildan talab etiladi. Qarzdorning vafoti qarzni kafildan soqit etmaydi. Havolatda esa qarzni faqat multazimdan talab etilardi. Demak mayyitdan qarzni ado etish masalasini bahs etishdan oldin qisqacha kafolat mavzusiga to‘xtalamiz.

Yuqorida kafolatning ta’rifini keltirdik. Uning mashru’ bo‘lishi Qur’on, sunnat va ijmo’ bidan sobitdir.

Alloh taolo Yusuf surasining 72-oyatida: “Uni topib keltirgan kishiga bir tuya yuk (mukofotdir). Men shunga vakilman», deydi. Ibn Abbos roziyallohu anhu “vakilman”ni “kafilman” deya tafsir qilganlar.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kafil burchlidir”, dedilar. Abu Dovud, Termiziy va Ibn Hibbon rivoyatlari.

Odamlarning ehtiyoji borligi va qarzdordan zararni ketkizish uchun musulmonlar kafolatning joizligiga ijmo’ qilishgan. Voqe’likda “Kafillikning boshi malomat, o‘rtasi nadomat va oxiri g‘aromat (qarzdorlik)” bo‘lishiga qaramay, yaxshi niyat bilan kafil bo‘lgan kishi  ibodat qilgan darajadagi savob oladi”.

Kafolatning mashru’ bo‘lish hikmatiga kelsak, u haqlarni mustahkamlash, odamlar o‘rtasida o‘zaro yordamni yuzaga keltirish, qarz olish va iora bitimlarida yengillik paydo qilish va odamlardan qiyinchilikni olishdir.

Uning rukni kafildan iyjob va qarzdordan qabuldir. Urf-odatda kafolatga dalolat qiladigan kafilman, javob beraman, to‘lab qo‘yaman kabi lafzlar bilan bog‘lanadi.

Kafolatning kafil oqil, bolig‘ va ozod kishi bo‘lishi, qarzdor esa kafolatlangan narsaga qodir, kafilga tanish bo‘lishi, hamda haqdor bitim qilinayotganda hozir bo‘lishi kabi shartlari mavjudki, ularning va kafolatning boshqa hukmlari tafsiloti uchun fiqhiy kitoblarga murojaat qilinadi.

Endi mavzumiz – mayyitning zimmasidagi qarzga kafil bo‘lishining shar’iyligi masalasiga qaytsak. Mulla Ali Qori aytadilar: “Singan (ya’ni mol va kafil qoldirmagan, lekin qarzi bor) mayyit nomidan kafil bo‘lish durust emas. Kafil xoh begona bo‘lsin, xoh merosxo‘r bo‘lsin farqi yo‘q. Bu imom Abu Hanifa nazdlarida.

Ammo Abu Yusuf, Muhammad, Molik, Shofe’iy va Ahmadlar bu kafillik durust deyishadi. Ular o‘z hukmlariga quyidagini dalil qilishadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam huzurlariga bir ansoriy janozasi keltirilganda: “Sohibingizning qarzi bormi?”, dedilar. Shunda: “Ha, ikki dirham yoki ikki dinor”, deyishdi.

Aytdilar: “Sohibingizga (o‘zingiz) namoz o‘qing”. Shunda Abu Qatoda (r.a.): “Ular mening zimmamga”, deganlarida, unga namoz o‘qidilar”. Agar kafillik durust bo‘lmaganda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam undan keyin namoz o‘qimagan bo‘lardilar. Chunki u to‘lanishi vojib bo‘lgan qarzga kafillikdir. Shunday bo‘lgach tiriklik chog‘ida bo‘lganidek hozir ham durustdir. Chunki qarz to‘lash, yo kechish yoki vojib bo‘lish sababi fasx bo‘lgandagina soqit bo‘ladi. O‘lim tufayli bu ishlarning birortasi yuzaga kelmaydi. Shuning uchun ham qarz tufayli oxiratda jazolanadi. Tirikligida kafil bo‘lgan ham uning o‘limi tufayli kafillikdan qutulmaydi. Agar biror inson ixtiyori bilan uni ado qilmoqchi bo‘lsa durustdir”.

Imom Abu Hanifaning dalillari shuki, singan mayyitga kafillik qilish zimmadan soqit bo‘lgan qarzga qafolat berishdir. Soqit bo‘lgan qarzga kafil bo‘lish botildir. Chunki kafolatning durust bo‘lishi dunyo hukmlari haqqida qarz mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shunda “Talab etishda zimmani zimmaga qo‘shish” degan kafillik ma’nosi yuzaga keladi. Tirikligidagi kafilning qarzdor o‘lganda qarzdan qutilmasligining sababi esa, uni to‘lab berishda qarzdordan o‘rinbosar bo‘lgani uchundir. Shu tufayli uning (kafilning) haqqida qarz boqiydir. Bu mayyitning moli bo‘lgan holga o‘xshaydi. Ixtiyoriy ravishda qarzni to‘lab berish esa durust. Chunki birovni mulkdor qilishning sahih bo‘lishi qarz mavjud bo‘lishiga taalluqli emasdir.

Jumhur o‘ziga dalil qilgan hadisga shunday javob qilinadi: “Hadis oldin yuzaga kelgan kafolatni e’tirof etilganini ehtimol qiladi. Zero kafolatda oldingi iqror va keyingi e’tiroflar barobar “kafilman” lafzi bilan ifodalanaveradi. Bu o‘rinda kafolat emas, va’da bo‘lgani ham ehtimoldan xolimas. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning unga janoza o‘qishdan bosh tortishlari esa mayyit zimmasidagi qarzni ado etish yo‘lini ko‘rsatib qo‘yish uchundir. Va’da bo‘lgandan keyin esa unga janoza o‘qidilar”.

Ba’zilar imom Abu Hanifa hadisga xilof qilganliklarini, u hadis u kishiga qarshi hujjat bo‘lishini aytganlarida, ularga imom Badriddin Ayniy o‘zlarining “Sahih Buxoriy” qilgan sharhlarida shunday raddiya berganlar: “Kirmoniy Abu Hanifaning mayyitdan kafil bo‘lish durustmas, degan so‘zlariga qarshi hadis hujjat bo‘ladi, deydi. Ibn Munzir esa Abu Hanifa hadisga xilof qildilar, deydi. Bu odobsizlikdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sobit hadisga Abu Hanifaning xilof qilishlari mutlaqo mumkin emas. Balki bu hadisga amalni tark qildilar, deyish odobdan bo‘lardi. So‘ng ul zotning o‘sha o‘rinda hadisga amalni tark etishlarining sababi: yo hadis nazdlarida sobit bo‘lmagan, yo nasx bo‘lgan ko‘ringan. To‘rt bobdan keyin keladigan Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis uning nasx bo‘lganiga dalolat qiladi. U hadisda shunday deyiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qarzdor bo‘lib vafot etgan kishi keltirilsa: “Qarzidan ortiq narsa qoldiribdimi?”, deb so‘rardilar. Agar qarziga to‘laydigan narsa qoldiribdi, deyilsa unga namoz o‘qirdilar. Aks holda musulmonlarga: “Sohibingizga (o‘zingiz) namoz o‘qingiz”, derdilar. Vaqtiki Alloh taolo fathlarni nasib qilganda:  “Mo‘minlarga o‘zlaridanam men yaqinroqman. Mo‘minlardan kim vafot etib, qarz qoldirsa, uni to‘lash mengadir. Kim mol qoldirgan bo‘lsa merosxo‘rlarigadir”, dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari.  

Abu Bashr Yunus ibn Habib aytadilar: Abu Validning shunday deganini eshitdim: “Qarzi bor kishiga namoz o‘qimaganlari to‘g‘risidagi hadislarni bu hadis nasx qiluvchidir”.

Lekin Alloma Zafar Ahmad Usmoniy Tahonaviy yuqorida zikr qilingan raddiyalarga qo‘shilmaydilar va o‘zlarining “E’lous sunan” kitoblarida shunday deydilar:“To‘g‘ri javob: “Bu yerda xilof qilinayotgan ish qarz berganga kafillik masalasi bo‘lib, haqdorga bergan qarzini mahkamlanishi, yashirishdan muhofaza etilishiga kafolat berilishi va unga talab qilish haqqini berilishi masalasidir. Hukm shu: zimmasi soqit bo‘lgani uchun qarz mayyitdan talab etilmaydi. Chunki soqit bo‘lgan zimmaga boshqa zimmani qo‘shish durust emasdir."

"Ammo uxroviy talab etilishida uning zimmasi soqit bo‘lmagani uchun mayyitning qarzini ado etishga kafillikni Abu Hanifa inkor qilmaganlar. Hadis ikkinchi ishning joizligiga dalolat qiladi, birinchisiga emas. Abu Hanifaning hadisga xilof qilganlari sobit bo‘lmagan. Ikki kafolatning o‘rtasidagi farq shuki, birinchisida zimmani zimmaga qo‘shilmoqda. Bu esa zimma mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Ikkinchisi bunday emas. Chunki unda zimmani mayyit zimmasiga qo‘shish yo‘q. Balki unda ixtiyoriy ravishda uning qarzini bo‘yinga olish bilan, uning zimmasini uxroviy talab etilishidan xalos etish bor. Shuning uchun ham bu kafolat durust bo‘lishi uchun qarz berganning qabul etishi shart qilinmaydi. Birinchisidan farqli o‘laroq, uning rad etishi bilan ham rad bo‘lib qolmaydi. Shuning uchun birinchisi emas, ikkinchi kafolat durust bo‘ladi”.

Qisqacha xulosa qiladigan bo‘lsak, muxolif tomon o‘ziga dalil qilgan hadisni “nasx bo‘lgan” yoki undagi kafolat “oddiy va’da bo‘lgan” deya javobdan qoniqmagan Alloma

Tahonaviy hadisni quyidagicha izohlamoqdalar:

“Hukm qazoan va diyonatan bo‘ladi. Imom Abu Hanifa mayyitning qarziga kafolat qazoan emas, balki diyonatan durust deydilar. Ya’ni bu kafolatning dunyo hukmlarida o‘rni yo‘q, balki qarzdorni qiyomatdagi javobgarlikdan qutiltiradi. Shundan imom Abu Hanifa bu hadisni inkor qilmayotganlari ma’lum bo‘ladi.

Tahonaviy qarzdorning sinishi va hukman zimmasi fosid bo‘lishiga imom Muslim Abu Said Xudriydan rivoyat qilgan quyidagi hadisni dalil qiladilar: “Rasululloh zamonlarida bir kishining sotib olgan mevasiga kasallik yetdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Unga sadaqa qilinglar”, dedilar. Odamlar unga sadaqa qilishdi, ammo bu uning qarzini to‘liq to‘lashga yetmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqdorlariga: “Topganingizni olinglar. Bundan boshqasiga haqqingiz yo‘q”, dedilar.

Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning: “Topganingizni olinglar. Bundan boshqasiga haqqingiz yo‘q”, degan so‘zlari to‘lashga narsasi yo‘q kishidan qarz soqit bo‘lishiga dalolat qiladi. Mol keladi, ketadi, hayotlik chog‘da yana boyib ketish ehtimoli bo‘la turib, singanning tirikligidagi hukm shunday bo‘lgach, o‘lganidan keyin avlo tariqada shunday bo‘ladi.

Bu singanlikka hukm qilish durustligini ifoda etadi, deyilmaydi. Abu Hanifa bunaqa demaganlar. Balki muxolif shunday deydi. Hadis unga qarshi hujjatdir. Abu Hanifaning nazdlarida hadisning ma’nosi shunday: “Sizlarning hozir bundan boshqaga haqqingiz yo‘q. Qolganini esa imkoni bo‘lguncha kutganingizdan keyin olasiz.

Chunki singan tirik ekan, mol keladi, ketadi. Ammo vafot etgach qarzni undan umid qilinmaydi. Zero, uning zimmasi bundan keyin tuzalmas bo‘lib buziladi. Shunday bo‘lgach, o‘lganidan keyin qarziga kafil bo‘lish hukman durust bo‘lmaydi, diyonatan sahihdir. Buni yaxshilab anglab oling. Abu Hanifa hadisga xilof qildilar, deb o‘ylamang. Asarga ergashishda odamlarning eng oldida bo‘lgan, mazhablarining usulidan xabardor odamga bu maxfiy emas. Usullariga ko‘ra zaif bo‘lsa ham hadis qiyosdan oldin olinadi. Alhamdulillahki, mazhablarida hadisga xilof bo‘ladigan so‘z yo‘q. Agar bo‘lsa aytganlarini qo‘llaydigan boshqa hadisga egadirlar. Hadis zohiriga xilof qilganlarida esa, unga xilof bo‘lmagan ta’villari bor. Imomlarning barchalari va ashoblari ham shunday qiladilar”.

Yuqoridagi bahslardan shunday xulosa qilsak bo‘ladi: Mayitning qarziga qarindoshi yoki begona kishi kafolat berib, bo‘yniga olishi mumkin. U qarzni ado etsa mayyitni uxroviy javobgarlikdan qutqazgan bo‘ladi. Ammo qazoan bu kafolat durust emas, shundan haqdor kafildan to‘lab berasan, deb talab etishi joiz hisoblanmaydi. Vallohu a’lam.

Mubashshir Ahmad


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

Ronaldu shokda! “An-Nasr” darvozaboni o‘ziga gol urib, chempionlikni ortga surdi

Саудия Арабистони Профессионал лигасининг 32-туридан ўрин олган учрашувда биринчи ўринда бораётган “Ан-Наср” энг яқин таъқибчиси “Ал-Ҳилол”ни қабул қилди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

Harbiy qo‘mondonlik Putinni Rossiya armiyasi kuzgacha butun Donbassni egallashiga ishontirdi

Бу ҳақда Financial Times Россия президентининг атрофидаги манбалар, вазиятдан хабардор суҳбатдошлар ва Украина разведкасининг баҳосига таяниб ёзмоқда.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

Унга кўра, ушбу кунларда республиканинг айрим ҳудудларида ёмғир сувлари тўпланиши эҳтимоли бор, бу эса ҳудудларни сув босишига олиб келиши мумкин.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Shohimardon Hamroyev 105 yoshida vafot etdi

Шоҳимардон ота Ҳамроев Сурхондарё вилоятида ҳаёт бўлган сўнгги Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиси эди.

Prezidentga eng ko‘p murojaatlar qayerdan yuboriladi?

Президент Халқ қабулхонасига ўтган бир ҳафтада 12448 та мурожаат келиб тушди.

O‘zbekiston U-17 alamli tarzda Osiyo kubogini tark etdi

Тенг курашлар остидан ўтган учрашувда ҳар икки томон имкониятларга эга бўлди.

Putin Ukrainada Kiyev va Odessani egallash kabi kengroq maqsadlarni ko‘zlayotgan bo‘lishi mumkin

Хусусан, гап стратегик аҳамиятга эга бўлган, жумладан, Қора денгизга чиқиш йўли ва асосий логистика тугунлари ҳисобланган ҳудудларга нисбатан эҳтимолий даъволар ҳақида кетмоқда.

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.

Istanbul Global Dizayn forumi xalqaro ijodkorlarni bir maydonga jamlaydi

Истанбул бугунги кунда юксак даражадаги маданият ва санъат маркази сифатида эътироф этилмоқда. Шаҳар 41 та конгресс маркази, 225 та санъат галереяси ҳамда 27 та олий таълим муассасасида амалга оширилаётган ранг-баранг дизайн дастурларини ўз ичига олган кенг инфратузилмага эга бўлиб, ҳар йили ўртача 20 дан ортиқ халқаро санъат ва дизайн тадбирлари ўтказилади.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.

“O‘zbekiston global investorlar diqqat markazida” — dunyoning yirik investorlari tarixiy IPOni e’tirof etmoqda

Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигидаги Ўзбекистон ҳукумати билан давлат корхоналарида самарали бошқарувни йўлга қўйиш, иқтисодиётни қўллаб-қувватлайдиган кучли ва барқарор бизнесларни шакллантириш ҳамда маҳаллий капитал бозорини ривожлантириш йўлида ҳамкорлик қилаётганидан фахрланади.

Netanyaxu: Isroil hozir G‘azoning 60 foizini nazorat qilmoqda

Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг айтишича, асосий вазифа Ғазо Исроилга таҳдид солмайдиган ҳолатга келтиришдир.

Kallas AQSH, Xitoy va Rossiyani Yevropani bo‘lishga urinishda aybladi

Европа Иттифоқининг ташқи ишлар ва хавфсизлик сиёсати бўйича олий вакили Кая Каллас АҚШ, Хитой ва Россия Европани заифлаштиришга ҳаракат қилаётганини билдирди.

Moskva va atrofidagi hududga yirik dron hujumi: uch kishi halok bo‘ldi

Москва ва Москва вилояти бир йилдан ортиқ вақт ичидаги энг йирик дрон ҳужумига учради. Ҳужум оқибатида камида уч киши ҳалок бўлди, 17 киши турли даражада жароҳат олди.

JSST Ebola virusi sabab favqulodda holat e’lon qildi

ЖССТ Африкада Эбола эпидемияси туфайли фавқулодда ҳолат эълон қилди.

Italiyaning Modena shahrida avtomobil piyodalarni urib ketdi

ANSA маълумотларига кўра, ҳодисага сабабчи бўлган шахс келиб чиқиши шимолий африкалик бўлган 30 ёшли Италия фуқаросидир.

Bangkokda poyezd avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Ҳалокатга учраган поезд оғир контейнерларни ташиётган бўлган ва тўқнашувгача ўз вақтида тормоз беришга улгурмаган.

Putin «Moldovani darg‘azab qiluvchi» hujjatni imzoladi

Россия президенти Владимир Путин Днестрбўйи аҳолисининг Россия фуқаролигини олишини осонлаштирувчи фармонга имзо чекди.

O‘zbekiston delegasiyasi “Women in Tech Global Summit 2026”da ishtirok etdi

Ҳар йили ўтказиладиган “Women in Tech 2026” саммити Африканинг энг йирик технологик хабларидан бири ҳисобланган Кейптаун шаҳрида (Жанубий Африка Республикаси) бўлиб ўтди. Бу галги тадбир дунёнинг 60 мамлакатидан 700 дан ортиқ иштирокчини, хусусан, халқаро ташкилотлар, технологик компаниялар, давлат сектори, стартап-экотизимлар ва “Women in Tech” глобал ҳамжамияти вакилларини бирлаштирди.

O‘zbekiston ilk bor jahon moliya bozorida: milliy IPO orqali 600 million dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi

Ўзбекистон тарихида илк бор йирик халқаро акциядорлик битими амалга оширилди — “Ўзбекистон Республикаси Миллий инвестиция жамғармаси” АЖ (UzNIF) ўз акцияларини Лондон ва Тошкент фонд биржаларида оммавий савдога чиқарди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.