Mayk Tayson ringga qaytmoqchi. U kim bilan jang qilishini aytdi

Mayk Tayson ringga qaytmoqchi. U kim bilan jang qilishini aytdi

Jahon boks afsonasi Mayk Tayson ringga qaytish va jang qilishdan bosh tortmasligini aytdi. Ammo, agar jang Temir Maykga katta pul keltirsa. Bu haqda sobiq sportchi New York Post nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Jeyk yoki Logan Pol bilan jang qilmoqchi. Bloger aka-ukalarning auditoriyasi juda katta, shuning uchun bunday jang albatta katta pul olib keladi.

"Jin ursin, men ulardan bittasi bilan albatta jang qilardim. Ular bilan jang ko‘p pul olib keladi. Bu juda pulli jang. Ularning auditoriyasi 75 million. 100 million dollarga ular hamma narsaga rozi bo‘lishadi", - dedi Tayson.

Ma’lumot uchun, Logan Pol mashhur shoumen, videobloger va katta boks muxlisi. U ilgari Floyd Meyvezerga qarshi ko‘rgazma duelini o‘tkazgandi. Keyin blogerning gonorari 250 ming dollar, Floydniki 10 mln dollar bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!