May oyigacha ​​​​​​​Humo bankomatlaridan Uzcard kartalari orqali, Uzcard bankomatlaridan Humo kartalari orqali naqd pul yechish mumkin bo‘ladi

May oyigacha ​​​​​​​Humo bankomatlaridan Uzcard kartalari orqali, Uzcard bankomatlaridan Humo kartalari orqali naqd pul yechish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda Uzcard va Humo to‘lov tizimlarining bankomatlarini integrasiya qilish ishlari 2023 yil may oyigacha yakunlanishi mumkin.

Bu haqda bugun, 26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Uzcard va Humo tizimlari integrasiyasi 2021 yilda boshlangan edi. Tomonlar birining kartasi ikkinchisining terminalida ham ishlashiga kelishib olgandi.

2022 yilda Uzcard ham kontaktsiz to‘lov funksiyasiga ega kartalar chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!