May oyida Rossiyadan Yevropaga gaz importi ikki yil ichida birinchi marta AQShdan yetkazib berilayotgan gaz hajmidan oshib ketdi — Financial Times

May oyida Rossiyadan Yevropaga gaz importi ikki yil ichida birinchi marta AQShdan yetkazib berilayotgan gaz hajmidan oshib ketdi — Financial Times

ISIC tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oyda Rossiya tomonidan gaz yetkazib berish Yevropa Ittifoqiga, shuningdek, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina va Shimoliy Makedoniyaga yetkazib berilayotgan umumiy hajmning 15 foizini tashkil qilgan.

Qo‘shma Shtatlardan suyultirilgan gaz yetkazib berishning ulushi 14 foizni tashkil etdi, bu 2022 yil avgustidan beri eng past ko‘rsatkichdir.

O‘sish, asosan, Amerika eksport ob’ektlaridan birining ishdan chiqishi tufayli Rossiya tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmining oshishi bilan bog‘liq. Rossiya, shuningdek, iyun oyidagi rejalashtirilgan ta’mirlash ishlaridan oldin Turkiya orqali ko‘proq gaz jo‘natgan.

Gazetaning eslatishicha, 2022 yil sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlar Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketgan va 2023 yildan beri bu bozorning beshdan bir qismini egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!