O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Matyoqub Matchonov suhbat davomida «Ilhaq» filmidagi Mardon rais rolini ijro etmoqchi bo‘lgani, ammo film rejissyori — shogirdi Jahongir Ahmedov bu rolga uni munosib ko‘rmagani sabablari haqida gapirib berdi.
Boshida Jahongir Ahmedovdan ranjidim. Sababi «Ilhaq» filmining ssenariysini yozayotganda «Matyoqub aka, sizga kolxoz raisi rolini yozyapman, zo‘r chiqyapti» deganida xursand bo‘lib ketgandim. Keyin bu rolga kasting qilinishini eshitib, «Jahongir, sen menga ishonmadingmi?» deganimda «Aka, bu davlat buyurtmasi bilan suratga olinayotgan film, boshqa aktyorlarni ham ko‘rish kerak» deganida, yashirmayman, yuragim shuv etdi.
Kasting jarayonlarida Tohir Saidov ushbu rolga tasdiqlandi. Jahongir badiiy kengash shunday qaror qilgani haqida gapirdi. O‘shanda «Jahongir, agar shu rolda meni o‘ynatmoqchi bo‘lsang, rejissyor sifatida pozisiyangni himoya qilsang bo‘lardi-ku» dedim. «Sizga bo‘lmasdi, Matyoqub aka» deb ssenariyning oxirgi variantini ko‘rsatdi. Haqiqatan o‘qiganimdan keyin bildimki, men bu rolni o‘ynay olmasdim. Tomoshabindan qo‘rqib yoki rol yoqmagani uchun emas, bu rol mening ichki dunyoyimga to‘g‘ri kelmasdi.
Lekin Tohir qoyilmaqom qilib o‘ynagan. Jahongir Ahmedov «Sizning talqiningizdagi bu rolga tomoshabinlar ishonmaydi, siz tomoshabinlar nazdida butunlay boshqacha qiyofada shakllangan aktyorsiz» dedi. Undan keyin xafagarchiliklarga chek qo‘yildi. Haqiqatan Tohir ushbu rolni mahorat bilan olib chiqibdi. Men Jahongirni shunaqa katta mashtabda film suratga olganidan xursandman, unga faqat omad tilayman.
Matyoqub Matchonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Ma’lumot uchun, «Ilhaq» filmi rejissyor Jahongir Ahmedov va prodyuser Zafar Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan bo‘lib, unda ikkinchi jahon urushi yillari tasvirlangan. Film Zulfiya Zokirova va uning urushdan qaytmagan besh o‘g‘li haqida hikoya qiladi. «Ilhaq» filmi 9 may kuni G‘alabaning 75 yilligi sharafiga O‘zbekiston telekanallarida premyera qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.