Mask Tesla yuk mashinasining yangi avlodini taqdim etdi

Mask Tesla yuk mashinasining yangi avlodini taqdim etdi

Amerikalik milliarder Ilon Mask kompaniyasining navbatdagi mahsuloti bo‘lgan Tesla yuk mashinasining yangi avlodini taqdim etdi.

"Bu fil, qoplondek harakat qiladi. Joyidan tez qo‘zg‘aladi, tez to‘xtaydi", – degan Mask taqdimot marosimida.

U yuk mashinani boshqarib sahnaga chiqqan. "O‘tgan besh yilda ko‘p narsalar bo‘lib o‘tdi va mana biz yana shu yerdamiz", – deya taqdimot ishtirokchilarini qutlagan u.

Mask mashina kelajakdan kelgandek ko‘rinishga ega ekani, haydovchilar yangi transport vositasida o‘zlarini “hammadan kuchli” his qilishlarini ta’kidlagan.

Model Beast deb ataladi. Maskning ta’kidlashicha, yuk elektromobilining quvvati boshqa tirgakli yuk mashinalardan uch barobar ko‘p va bir zaryadka bilan yuzlab kilometrni bosib o‘tadi.

Uning ma’lum qilishicha, yuk tashiydigan ushbu elektromobillarning birinchi partiyasi Pepsi kompaniyasiga beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!