Masjidul Haramning mashhur imomi nafaqaga chiqdi

Masjidul Haramning mashhur imomi nafaqaga chiqdi

Chorshanba oqshomida ikki Muqaddas masjid raisligi Ramazon oldidan yillik tarovih jadvali e’lon qilinishi bilan Shayx Saud Ash Shuraym iste’foga chiqqanini tasdiqlaganida bir necha oylik gaplar aniqlashdi.

Yanvar boshida Inside the Haramain nashri Ikki Haramlardan birining taniqli imomi iste’foga chiqishi haqida xabar bergan edi. Fevral oyida mazkur nashr so‘z yuritilayotgan imom Shayx Saud Ash Shuraym ekanligini ham ochiqladi.

Uning erta nafaqaga chiqishi sabablari oshkor etilmagan, Haramayn manbalari bu imomning iltimosiga ko‘ra bo‘lganini aytishgan.

Shayx Shuraym 1443 yilning 12 Rabiul-avval kuni Makkadagi Masjidul-Haram masjidida so‘nggi namozini o‘qib, nafaqaga chiqdi. Mashhur qori 32 yil Masjidul-Haramning imomi va xatibi bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!