Masjidlarda namoz o‘qish tartibi haqida ma’lumot berildi

Masjidlarda namoz o‘qish tartibi haqida ma’lumot berildi

Diniy muassasalar, masjidlar 2020 yil 8 iyundan boshlab faqat «yashil» hududlarda faoliyatini boshlaydi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun ushbu maskanlarda 5-8 iyun kunlari sanitar choralar ko‘riladi.

Masjidlarda sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.

Biroq, fuqarolarning kasallikni noma’lum manbalardan yuqtirishi va aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!