Masjid va madrasa – ularni bir-biriga qarshi qo‘yish mumkinmi?

Masjid va madrasa – ularni bir-biriga qarshi qo‘yish mumkinmi?

Ushbu mavzuda ayrim fikrlarni yozishni anchadan beri o‘ylab yurar edim, vaqti‑soati bugun ekan, e’tibringizga havola qilinmoqda. Aniqrog‘i, shu mavzu o‘rtaga tashlanib, odamlarning diqqat markazida bo‘lgan paytni kutib yurgan edim, bugun shu soat kelgan ko‘rinadi.

Shuni ham aytishim lozimki, men bu yerda gapni biror kishiga qaratmoqchi emasman, balki anchadan beri tuzalmay kelayotgan og‘riqli bir dardga davo izlashni, ayrim kishilarimizdagi tushunchalarni to‘g‘rilashni, ko‘pchiligimizga eslatma bo‘lishini umid qilaman. Shu bilan birga, bunday fikrlarni dindorlar o‘zaro ulashib yuravermay, jamiyatimizning boshqa qatlamlariga, dindan uzoq bo‘lgan, u haqda noto‘g‘ri tushunchada yurgan yurtdoshlarimizga ham ilinishimiz lozim ekanini eslatishni istardim.

Masjid va madrasa (hozirgi til bilan aytganda, maktab, institut) tushunchalari bir‑biriga zidmi? Ular bir‑birini inkor etadimi? Ularni bir‑biriga qarshi qo‘yish mumkinmi?

Islomda masjid bilan madrasa (maktab, institut) bir‑birini tiyab, quvvatlab turadigan, bir‑birini eslatadigan tushunchalardir. Aslida, dastlab masjidlar madrasa vazifasini ham o‘tagan. Masalan, imom Buxoriy, imom Termiziylar masjidda ta’lim olgan. Keyinroq talabalar yotib o‘qishlari uchun darsxonalarni ajratish asnosida madrasalar alohida bino sifatida quriladigan bo‘lgan. Ha, Islomda madrasalar masjidlardan «dunyoga kelgan». Lekin shunda ham ular bir‑biriga zid dargohlar deb qaralmagan, balki bir‑birini suyab turuvchi binolar bo‘lgan. Shuning uchun hamma madrasalar yonida yoki ichida masjid bor. Shuning uchun har bir masjid yaqinida madrasa bor. Buni bilish uchun ilm kerak emas, uzoqqa borishga ham hojat yo‘q, yurtimizdagi tarixiy inshootlar bilan tanishish kifoya. Birgina Registon majmuasini ko‘z oldimizga keltiraylik. U yerdagi madrasada o‘sha davrdagi barcha ilmlar birdek o‘rgatilgan va madrasa masjid bilan tutash, bir joyda barpo etilgan. Bu ikki tushuncha bir‑biriga o‘ta yaqin bo‘lganidan biz ularni bugungi imlomizda ko‘p o‘rinlarda chiziqcha bilan biriktirib «masjid‑madrasa» deb yozamiz. Nega shunday? Chunki xalqimiz qadim‑qadimdan bu ikki dargohni bir maqsad sari yetaklovchi egiz makonlar deb bilgan, hech qachon ularni bir‑biridan ayirmagan. Ularning o‘rtasiga dunyo tarixida xudosizlardan boshqa toifa rahna solmagan. Hatto, madrasayu qorixonalar barpo qilingandan keyin ham masjidlarda ta’lim to‘xtamagan.

O‘sha biz maqtaydigan Xorazmiy ham, Farg‘oniy ham, Ulug‘bek va Navoiy ham madrasada yetishgan, diniy ilmlarni ham, boshqa ilmlarni ham bitta dargohda, ha, bitta xonada, kerak bo‘lsa, bitta ustozda o‘qishgan. Yana ham aniqrog‘i, ular o‘rni kelsa, ustoz‑shogird an’anasiga ko‘ra, hujrada ta’lim olgan va masjidga qatnab ulg‘aygan. Zero, masjid‑madrasalarda diniy va tajribiy ilmlar teng o‘rgatilgan. Shuning uchun ajdodlarimizning tibbiyot va adabiyotga doir kitoblari ham, falakiyot, jug‘rofiya yoki falsafaga doir asarlari ham basmalayu hamdu sano, salavotu duolar bilan boshlangan va oyatu hadislar bilan yo‘g‘rilgan. Hatto bugun ham bizda madrasalarda faqat diniy bilim o‘qitilmaydi, ta’lim tizimida talab qilingan zaruriy fanlarning barchasi o‘rgatiladi. Chunki Islom hech bir ilmga qarshi emas.

Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur va boshqa barcha allomalarimizning asarlarini o‘qing, ular oyatu hadislarni, diniy aqida va tushunchalarni gap orasida, misol tariqasida, tabiiy ravishda, shunchalar oson va oddiy tarzda keltiradiki, bundan Islom ularning vujudiga qanchalar chuqur singib ketganini darhol anglaysiz. Ular bugungi avlodlarining Islom bilan ilm o‘rtasida muammo chiqarayotganlarini ko‘rishsa, aqldan ozay deyishlari aniq.

Ibn Sino bolaga tili chiqishi bilan birinchi bo‘lib Qur’on o‘rgatiladi, deb yozadi. Afsuski, bugun u kishini namuna qilib ko‘rsatayotganlar Qur’onni 18 yoshdan keyin o‘rganish kerak, deyishmoqda. Qalb ko‘zi ko‘rmasa, aql ham to‘g‘ri ishlamas ekan. Amir Temur bolaligida qori bo‘lgan va Qur’on oyatlarini hattoki aks tartibda o‘qiy olgan. Bugun u kishini bobomiz deb faxr etayotgan ayrimlar Qur’ondan bexabarliklari yetmagandek, undan qo‘rqib qochishmoqda, qo‘rqitishmoqda. Hidoyat bo‘lmasa, qiyin ekan.

Mirzo Ulug‘bek bir tarafda «Sherdor» madrasasini qurgan bo‘lsa, bir tarafda «Dorut‑tilovah» Qur’on maktabiga asos solgan. Bir joyda o‘qigandim, keyin qaytib topa olmadim, manbani ham eslolmadim, Mirzo Ulug‘bek falakiyot olimi bo‘lish barobarida, yetti mashhur qiroat bo‘yicha ham mutaxassis bo‘lgan ekan. U kishi yoshligidayoq Qur’on hofizi bo‘lgani aniq. Ammo yetti qiroatni jamlagan qori bo‘lish ancha yuqori daraja hisoblanadi.

Masjid bilan madrasa o‘rtasiga to‘siq qo‘yish bilan biz hech narsaga erisha olmaymiz. Bolalarimizning bugungi bilimsizligiga masjidni bahona qilish quruq tuhmat, chunki ular o‘zi masjiddan yiroqda ulg‘aydi. Biz avvalo ta’lim tizimini isloh qilishimiz, uni tubdan yangilashimiz va unga ruh baxsh etishimiz lozim. Muammo shunda. Ilm borasidagi sof islomiy tushunchalarni keng yoyishimiz, Islom ilm dini ekanini, unda barcha manfaatli ilmlar birdek qadrlanishini uqtirishmiz kerak. Shar’iy ilm olimlarini hurmat qilgandek, tajribiy ilmlar bilimdonlarini ham ummatning zimmasidan qaysidir farzi kifoyani bajargan olim sifatida ehtiromini qilishga o‘rganishmiz lozim. Masjid bilan madrasalar (maktab, institut) o‘rtasiga solingan bir asrlik «araz‑tumshuq»ni ortga uloqtirib, endi ularni «yarashtirishimiz» darkor. Ular bir‑birini qo‘llab‑quvvatlagandagina biz chin ma’noda rivojlanamiz va tom ma’noda maqsadga erisha olamiz.

Zamonaviy fanlarni egallashda jahon xalqlari musobaqalashmoqda. Biz ular bilan bu borada musobaqalashish barobarida, dinni ham o‘rganib, uyg‘unlashtirsak, ulardan albatta ustun bo‘lamiz. Chunki ular faqat dunyo ilmlarini egallasa, biz dinu dunyo ilmlarini o‘zlashtirgan bo‘lamiz.

Bugun dunyo ilg‘orlab ketgan. Masjid bilan madrasa o‘rtasini ayirish usuli bir‑ikkita mamlakatni hisobga olmasa, hozir jahonda hech qayerda yo‘q. Bu haqiqatni butun dunyo tushunib yetganiga yetmish yil bo‘ldi. Ammo biz hali ham bu haqda tortishib yotibmiz. Sharmandalik bu! Ha desa, bizda sharoit boshqacha, odamlarimiz boshqacha, deymiz, xuddi o‘zbek xalqi aqlsizdek. Bu bo‘lmagan gap, quruq xayolparastlik. O‘zbek ham boshqalar kabi inson, Odam avlodidan, bo‘lganda ham, maqtanayotganidek, buyuk ajdodlar sulolasi. Bizning xalqimizdek royish, andishali xalq aslida hech qayerda yo‘q. Faqat biz buni qadrlashimiz kerak, uning soddaligini suistemol qilmasligimiz kerak, unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishimiz kerak.

Etar bir yarim asrlik xo‘rlik!

Aksar aholisi musulmon bo‘lgan mamlakatlarni qo‘ying, Yevropada ham, Amerikada ham, Rossiyada ham masjidlarda bolalar ta’lim olmoqda. Ular masjidda yotvolib, maktabni tashlab ketayotgani yo‘q, ikkalasini ham birga olib ketmoqda. Bu ularda oddiy hol, aqalli insoniy huquq sifatida qabul qilingan. Islom olamidagi masjidlar faoliyatiniku aytmasa ham bo‘ladi. Nima, biror joy portlab ketyaptimi? Yo hamma joyda urush bo‘lyaptimi? Nega diniy erkinlik bor o‘nlab tinch mamlakatlarni ko‘rmay, bitta urush bo‘lib turgan joyni olabo‘ji etib misol qilaraveramiz? Axir u yerdagi urushning asl ildlizi boshqa‑ku! Buni bugun oddiy aravakash ham bilsa kerak? Ochig‘ini aytganda, o‘sha urushga aslida aynan inson huquqlarining poymol etilishi, diniy tazyiqlarning haddan oshgani sabab bo‘lgan! Afg‘onistondagi urushning esa dinga hech qanday aloqasi yo‘q, buni yosh bola ham biladi. Nega uni bizga misol qilishadi, hech tushunmayman.

Yana bir haqli savol tug‘iladi: millionlab insonlarning yostig‘ini quritgan birinchi va ikkinchi jahon urushlarini kim keltirib chiqargan? Masjidga chiqqan bolalarmi? Yaqindagina bo‘lgan Ukrainadagi urushlarchi, ularda kimlar qatnashdi? Masjid bolalarimi? Masjidning urushga nima aloqasi bor?

Insof bilan aytaylik, qaysi sohada bo‘lmasin, bugun biz faxr bilan tilga oladigan allomalarning barchasi masjid‑madrasa toliblari emasmi?

Masjid‑madrasa ko‘rmagan ajdodlarimiz ichida bizni dunyoga tinitgan, biz faxrlanadigan birorta bobomiz bormi?

Qani, bir o‘ylab ko‘raylik. Na Islom kelishidan oldingi davrda, na uni bizdan nari qilgan dinsizlik tuzumi paytida zaminimizdan oldingidek qomusiy yetuk allomalar chiqdimi? Yo‘q! Chiqmadi va bu ahvolda chiqmaydi ham!

Hadeb vahima qilib, vasvasaga tushavermay, aqlni ishlatish kerak. Qachongacha biz propogandalarga berilib safsata sotib yuramiz? Qachongacha kimlarningdir o‘zlari ham ichmay qo‘ygan yuvindisini yotvolib sipqoramiz?

Qachongacha biz masjid bilan madrasa orasiga nifoq solamiz? Qachongacha biz iymon bilan ilm o‘rtasiga rahna solamiz? Qachongacha biz aql bilan vijdon o‘rtasiga to‘siq qo‘yamiz? Qachongacha ruh bilan jismni urishtiramiz? Qachongacha tarix bilan bugun o‘rtasiga jar qaziymiz? Qachongacha ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasini buzamiz? Qachongacha yigitlarimizni bobolariga, qizlarimizni momolariga qarshi qayraymiz? Qachon o‘zimizga kelamiz? Qachon o‘zligimizni taniymiz? Qachon chin musulmon bo‘lamiz? Qachon odam bo‘lamiz? Qachon xalq bo‘lamiz? Qachon?! Qachon?!

Yuz yil biz masjid bilan madrasani bir‑biriga dushman qo‘yib keldik. Ular «do‘st» bo‘lgan zamonlarda zaminimizda ilmning turli sohalarida yuzlab, minglab allomalar yetishib chiqqan edi. Tan olaylik, masjid‑madrasalar bir‑biridan ayrilgan davr ichida yurtimizni dunyoga tanitadigan, jahon tan oladigan, xalqimiz dunyoga faxr ila nomini tilga oladigan olim hech bir sohada chiqqani yo‘q. Keling, endi yuz yil ularni yana «yarashtirib» ko‘raylik, nima bo‘lar ekan. Mayli, juda yuz yil emas, hech yo‘q 25 yil shunday qilaylik, keyin xulosa chiqaramiz. Har qalay tarixdan saboq olish ma’nosida, tajribadan o‘tgan usul sifatida bo‘lsa ham shunday qilsak, yomon bo‘lmasa kerak? Siz nima deysiz, aziz o‘quvchi?

Hasanxon YAHYo ABDULMAJID

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

Jigarni tozalash uchun foydali maslahatlar

Кўпроқ сув ичинг. Сувга лимон қўшинг. Сув ва лимон шарбати токсинларни олиб ташлаш учун жигарни рағбатлантиради.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Qodirov: Bechoralar Rossiya tuprog‘idan sharmandalarcha quvilgandan keyin hech ham tinchlana olmaydi

"Ахмат" Украина Қуролли кучларининг Курск вилоятига киришига тўсқинлик қилди.

Samarqandda bola maktabdoshi bo‘lgan qizdan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ахборот хизмати раҳбари ҳолат юзасидан изоҳ берди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Orban: “Germaniyada, jin ursin, nima bo‘lyapti o‘zi?”

Орбан "Германия учун муқобил" партияси раҳбари Алиса Вайделни Германия Федератив Республикаси ҳудудида ўнг экстремистик деб тан олиниши ортидан қўллаб-қувватлади.

Hindiston Pokiston bilan chegaradagi Baglixar to‘g‘oni orqali suv oqimini to‘xtatdi

Бу ҳақда PTI агентлиги хабар берди.

Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi

Бу ҳақда Кремл матбуот хизмати хабар берди.

Germaniyada migrasiya siyosati kuchaytiriladi

Германия чегараларида назоратни кучайтириш ва миграция сиёсатини кучайтириш бўйича буйруқ беришини маълум қилди.

ID G‘azo sektori bo‘ylab quruqlikdagi operasiyalarni e’lon qildi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати хабар бермоқда, деб ёзади “Репорт” .

O‘zbekistonlik chavandoz Erondagi turnirda oltin medal qo‘lga kiritdi

Теҳронда от спортининг конкур йўналиши бўйича CSIY-B халқаро турнири бўлиб ўтди.

Litvada NATO xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi

Литвада Германиянинг 30 та вертолёти иштирокида НАТОнинг халқаро ҳарбий машғулотлари бўлиб ўтмоқда, деб хабар берди ТАСС.

36 soat davomida timsohlar orasida qolgan aviahalokat jabrlanuvchilari qutqarildi

1 май куни Боливиянинг шимолида жойлашган Буарес шаҳридан Тринидадга йўл олган кичик самолёт Амазонка ботқоқларига мажбурий қўнди. Бу ҳолат двигателдаги носозлик сабаб юз берган.

Isroilning G‘azoga bergan oxirgi zarbalarida 39 kishi halok bo‘ldi

Исроил Қуролли кучлари (ЦАХАЛ) томонидан Ғазо секторига уюштирилган сўнгги ҳаво зарбалари натижасида камида 39 киши ҳалок бўлди.

Soyabon orqali sodir etilgan jinoyat yoki Georgiy Markovning sirli o‘limi

Георгий Марков – Болгарияда машҳур бўлган ёзувчи ва драматург, бир пайтлар ҳукумат раҳбари Тодор Живковнинг оиласига яқин инсон бўлган.

BMT sudyasi 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Ҳукмни эълон қилган судья бу ишни “жуда қайғули ҳолат” деб атади. У Мугамбенинг инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш соҳасидаги юридик ютуқларини алоҳида эътироф этди.

Andijonda yuqori tezlikda haraqatlangan Lacetti devorga urildi

Ушбу ЙТҲ оқибатида автомашина олди ўриндиғида бўлган йўловчи тан жароҳати олиб, туман шифохонасига мурожаат қилган.

Farg‘onada mashinasining gaz balloni portlagan haydovchi 3 yilga qamaldi

Портлаш оқибатида шу атрофда бўлган фуқаро А.А. тан жароҳати олиб, кўрсатилган тиббий муолажаларга қарамасдан вафот этган.

Bugun Yerda bir hafta davom etadigan juda kuchli magnit bo‘roni boshlanadi

Қолаверса, магнит бўрони бронхиал астма билан оғриган одамлар саломатлигида ҳам муаммоларни келтириб чиқариши мумкин.

Sobiq bosh vazir Ali Loraed 34 yilga qamaldi

Суд ҳукмига кўра, у жангариларни Тунис ташқарисидаги можароли ҳудудларга юбориш билан боғлиқ ишда айбдор деб топилган.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

Jinoyatchi Isroilning Xon Yunusga hujumi oqibatida halok bo‘lganlar orasida bir yoshli o‘g‘il va qiz hamda bir oylik chaqaloq ham bor edi

Ғазо фуқаролик мудофааси агентлигининг хабар беришича, Исроилнинг Хон Юнус қочқинлар лагерига кечаси уюштирган ҳужуми натижасида камида 11 киши, шу жумладан уч нафар ёш бола ҳалок бўлган.

Turkiya Netanyaxuning parvozi uchun osmonini ochmadi

Анқара Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняхунинг Озарбайжонга борадиган самолёти учун Туркия ҳаво ҳудудини очмаган.

“AQSh va Isroilga bosim qiling” — HAMASning musulmon mamlakatlari hukumatlariga chaqirig‘i

ҲАМАС араб ва мусулмон мамлакатларини Ғазодаги қирғинни тўхтатиш учун ҳаракат қилишга чақирмоқда.

Urushning eng qimmatga tushayotgan yili: Rossiya armiyasi yo‘qotishlari ortib bormoqda

Бу йил Москва учун ҳарбийлар орасидаги йўқотишлар бўйича рекорд йил бўлиши мумкин, деб хабар бермоқда Британия разведкаси

G‘arb Armaniston qo‘li bilan Janubiy Kavkazda Rossiyaga qarshi "ikkinchi front" ochishga intilmoqda

"Афсуски, биз минтақада фаоллашиб бораётган Ғарб давлатларининг эзгу декларатсиялари ортида ёвуз ниятлар яширинганини аллақачон қайд этганмиз".