Gresiyada ayol qo‘lbola portlovchi qurilmada portlab ketdi

Gresiya polisiyasining tergovi Salonikida 38 yoshli ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan qo‘lbola portlovchi qurilma portlashidan so‘ng qizg‘in davom etmoqda, deb xabar berdi euronews.com nashri.
Hodisa shanba kuni ertalab soat 05:30 atrofida turar-joy binosining yopiq avtoturargohida sodir bo‘lgan. Birinchi qavatda Gresiya Milliy bankining bo‘limi joylashgan.
Portlash oqibatida ayolning qo‘l-oyoqlari uzilib ketgan, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanuvchini tiriltirishga muvaffaq bo‘lgan va u Salonikidagi "Gippokrat" kasalxonasiga olib borilgan va o‘sha yerda vafot etgan.
Uyda yashovchilarning aytishicha, portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, ular buni zilzila deb o‘ylashgan.
Rasmiylar portlovchi qurilma marhumaning qo‘lida bo‘lganini istisno qilmayapti.
Ayolning portlashga aloqadorligi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Olingan jarohatlar xususiyatidan kelib chiqib, rasmiylar marhumaning o‘zi qo‘lbola portlovchi qurilmani olib yurganini istisno qilmayapti.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ayol ilgari giyohvand moddalar va fohishalik bilan bog‘liq sudlangan va ilgari kamida bitta o‘g‘irlik va talonchilikda ishtirok etgan. Rasmiylar, shuningdek, marhumaning o‘ta so‘l guruhlar bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirmoqda.