Mashhur hind aktyori Mithun Chakraborti Toshkent xalqaro kinofestivalida qatnashadi

Mashhur hind aktyori Mithun Chakraborti Toshkent xalqaro kinofestivalida qatnashadi

28 sentyabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga «Disko raqqosi» filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi. Taniqli mehmon kinofestival ochilish marosimida ishtirok etadi.

«Disko raqqosi» filmi bilan birga «O‘yna, o‘yna», «Qirollik ovi» kabi kinokartinalar aktyorga katta shuhrat olib kelgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali «Kino 5 kunda», «Jahon mamlakatlari kinosi kunlari», Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kinomanzillarning ochilishi kabi katta dasturni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, kinofestival doirasida 14ta xorij davlatlarining kino kunlari bo‘lib o‘tadi. Hind delegasiyasi ham o‘zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi.

Kinofestivalga Gollivudning taniqli yulduzlari ham tashrif buyuradi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!