Marokash Isroilning josuslik sun’iy yo‘ldoshini 1 milliard dollarga sotib oladi

Marokash Isroilning josuslik sun’iy yo‘ldoshini 1 milliard dollarga sotib oladi

Marokash Isroil aerokosmik konsernidan (IAI) 1 milliard dollarga ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldosh sotib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Marokash OAVlari.

9 iyul kuni Isroilning IAI davlat kompaniyasi o‘z tizimlaridan birini nomi oshkor etilmagan uchinchi shaxsga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzganini ma’lum qildi. Le Desk va Le 360 ​​yangiliklar veb-saytlari Rabotdagi manbalarga tayanib, mamlakat Marokash ekanligini xabar qildi.

IAI G‘azo bosqinida foydalanilgan Isroilning dronlarini ishlab chiqaradi. Shu sababli, Marokash va kompaniya o‘rtasidagi shartnoma noaniq ko‘rinadi va arab mamlakatlarida g‘azab bo‘roniga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, frantsuz nashrlari kelishuv o‘tgan yozda, Isroilning G‘azoga bostirib kirishidan avval tuzilganini taxmin qilmoqda. Biroq, Rabot davom etayotgan mojaroga qaramay, kelishuvni bekor qilmadi.

❌ Marokash yoki Isroildan bu ma’lumotni hali hech qanday rasmiy tasdiq yoki rad etgani yo‘q.

🤝 Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik Marokash va Isroil 2020 yilgi Ibrohim kelishuvi bo‘yicha diplomatik munosabatlarni normallashtirganidan so‘ng ortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!