Markaziy Osiyo xavfsizligi: Samarqandda mintaqaviy barqarorlik konsepsiyasi muhokama qilindi

A A A
Markaziy Osiyo xavfsizligi: Samarqandda mintaqaviy barqarorlik konsepsiyasi muhokama qilindi

18 aprel kuni Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm, radikallashuv va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda, Markaziy Osiyoning ekologik va transport xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida SMTI direktori Eldor Aripov yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 9 avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida bildirilgan tashabbusini amalga oshirish doirasida tayyorlangan Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi loyihasini taqdim etdi.

Konsepsiyani ishlab chiqish va qabul qilishning dolzarbligi haqida so‘z yuritar ekan, Eldor Aripov jahonda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyat sharoitida Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash masalalari bo‘yicha yagona qarash va yondashuvlarni shakllantirish talab etilayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mintaqa o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi bosqichiga qadam qo‘ygan. Umumiy manfaatdorlik va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli bu yerda yangi muhit shakllandi, bu esa ko‘p tomonlama hamkorlik jarayonlariga ortga qaytmas va izchil tus berdi.

Shu o’rinda, ichki va tashqi tahdidlar hamda xavf-xatarlarga qarshi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror rivojlanish sur’atlarini yuqori darajada saqlab qolishning eng muhim sharti hisoblanadi.

Hamkorlikka ochiqlik, uchinchi tomon manfaatlariga qarshi yo‘naltirilmaganligi taqdim etilgan Konsepsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida SMTI direktori tomonidan alohida qayt etildi.

Bundan tashqari, hujjat loyihasida mintaqaviy xavfsizlik ko‘p qirrali tabiatga ega ekanligi, zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga kompleks yondashuv va birgalikda kurashishni talab etishi hamda barqaror rivojlanish bilan uzviy bog‘liqligi alohida qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

APL. «Sautgempton» - «Manchester Siti». Husanov bugungi bahsda ishtirok etmaydi

Англия чемпионатининг 36-тури доирасида «Манчестер Сити» сафарда «Саутгемптон» клуби меҳмони бўлади.

Rossiya S-300/400 maketlari bilan dunyo ko‘zini aldamoqda!

Россия Қуролли Кучлари Узоқ Шарқда ҳаво мудофааси даражасини сақлаб қолгандек кўриниш учун С-300/400 зенит-ракета комплексларининг макетларини ўрнатмоқда.

Ukraina O‘zbekistonga sanksiya joriy qildi. Uchta kompaniya va bir fuqaro “qora ro‘yxat”da

Эълон қилинган фармонга кўра, жами 58 нафар жисмоний ва 74 нафар юридик шахсга нисбатан чеклов чоралари қўлланилган, улардан 67 нафари Россия Қуролли кучларига ҳарбий технологиялар етказиб беришда айбланган.

"Real"da kutilmagan qaror! Anchelotti "Barsa"ga qarshi Arda Gyulerni asosiy tarkibda tushiradi

Мадриднинг "Реал" клуби якшанба куни Ла Лига 35-турида "Барселона" меҳмони бўлади.

AQSh Ukrainada abadiy urush o‘tkazish istagini e’lon qildi

Бу ҳақда профессор Питер Кузник РИА Новости агентлигига берган интервьюсида маълум қилди .

Husanovsiz "Manchester Siti" Chempionshipga tushib ketgan "Sautgempton"ni yenga olmadi

"Манчестер Сити" Англия чемпионатининг 36-турида "Саутгемптон" меҳмони бўлди ва 0:0 ҳисобида дуранг қайд этди.

“Ota-onam men bilan gaplashmaydi…” Bloger Maryam Tillayeva shaxsiy hayoti haqida intervyu berdi

Халқдан ўғирланган пулларга яшаётганимиз ҳақидаги гап-сўзлар мен ва оиламга ёпиштирилган бир тамға.

Xotira va qadrlash kunida O‘zbekiston bayrog‘i bilan chiqqan yoshlar rusparastlar qarshiligiga uchradi

Ҳатто айримлар бу ҳаракатни USAID ёки “Миллий тикланиш” партияси раҳбари раҳбари Алишер Қодиров билан боғлашга уринишган.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Van Damm Putinga murojaat qildi

Унинг мурожаати видеосини украиналик журналист Диана Панченко ўзининг Телеграм-каналида жойлаштирган.

Rubl dunyoning barcha valyutalarini ortda qoldirdi

2025 йил бошидан бери россия рубли долларга нисбатан энг кучли мустаҳкамланган валютага айланди.

"Real" futbolchisi qamoqqa tushishi mumkin

Иш прокуратурага юборилди.

Endi tojikistonliklar Rossiya pensiyasini olishi mumkin

Россия Федерацияси ҳукумати ушбу пенсия таъминоти соҳасида ҳамкорлик тўғрисидаги шартномани маъқуллаган.

ERR: Estoniya floti va NATO aviasiyasi Boltiq dengizi orqali Rossiya portiga yo‘l olgan neft tankerini qo‘lga olishga urindi

Маълумотларга кўра, Эстония ҳарбийлари кемага икки марта вертолёт орқали десант туширишга уринган. Шунингдек, улар тактик авиация ёрдамига ҳам таянган.

NATO bosh kotibi Ryutte mudofaa sanoatidagi "Rossiyaning katta muvaffaqiyatlari" haqida bong urdi

НАТО бош котиби Марк Рютте мудофаа саноатини ривожлантиришда "Россиянинг катта муваффақиятлари"дан хавотирда.

Rossiya ishchi kuchiga juda muhtoj

Россия иқтисодиётининг секинлашиши ва айрим тармоқларнинг қисқариши туфайли кадрлар танқислиги пасаймаяпти.

“Rossiya nefti qo‘lga tushmasdan o‘tmoqda” — YEI tan oladi: resurs yetishmaydi

Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.

JST rahbari: Global savdo inqirozdadir

Қўшма Штатлар ва бошқа мамлакатлар ўртасидаги икки томонлама тариф келишувлари адолатли савдонинг асосий тамойилини бузиши мумкин.

O‘zbekiston Rossiyada Top-10 sevimli sayohat yo‘nalishiga kirdi

Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.

Zelenskiy: Ukraina okkupasiya qilingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olmaydi

Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.

Falokat unutilmagan: Nakba xotirasida 115 falastinlik sionistlar tomonidan o‘ldirildi

Фаластинликлар Накбанинг 77 йиллигини хотирлаётган пайтда жиноятчи Исроил Ғазода 100 дан ортиқ кишини ўлдирди. Янги ҳужумлар Ғазода камида 115 кишининг жонига зомин бўлди, Исроилнинг ўта ўнг қанот кучлари Накба йиллигида Ғарбий қирғоққа ҳужум қилишга ундамоқда.