"Markaziy Osiyo Rossiya uchun shaxmat doskasi emas"

"Markaziy Osiyo Rossiya uchun shaxmat doskasi emas"

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning tashqi ishlar vazirlari MO+1 formatida videoyig‘ilish o‘tkazishdi.

Bu haqda "sputniknews-uz.com" xabar bermoqda.

Diplomatlar siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni muhokama qilib, koronavirus hamda Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtalishdi. Vazirlar, shuningdek, mamlakatlarning o‘zaro gumanitar hamkorligi istiqbollarini belgilab olishdi.

Andrey Grozinning fikricha, muzokaralar va maslahatlashuvlarning joriy formati yangilik emas va bunda Rossiya "velosiped ixtiro qilgani" ham yo‘q.

"Bu YEOII yoki KXSHTda bo‘lgani singari faqat iqtisod yoki xavfsizlik masalalari bilan chegaralanib qolmay, balki barcha muammolar xususida gaplashib olishning eng foydali va oddiy usulidir. Rossiya ishtirokidagi MO+1 formati hali o‘ylangani kabi faoliyat ko‘rsatmayotgani bu boshqa masala, ya’ni bu format qandaydir doimiy amal qiluvchi instrumentga aylanmagan", - deya ta’kidladi ekspert.

Shu bilan birga, Grozin Moskvaning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan tamomila boshqacha yondashuviga e’tibor qaratdi. RF mintaqani yagona madaniy maydonning bir qismi sifatida qabul qilib, mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli uzoq yillik aloqalarni o‘rnatib kelmoqda.

"Bu yerda mavhum nazariy geosiyosat mavjud emas. Markaziy Osiyo Rossiya uchun - biz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, umumiy tarixiy va madaniy ildizlarga ega hududdir. AQSh uchun MOdagi siyosat shaxmat o‘yini kabidir, ammo biz uchun mutlaqo shaxmat doskasi emas. Bizning kelajagimiz va bizning tinchligimiz ushbu mintaqadagi xavfsizlikka bog‘liqligini tushunamiz", - dedi ekspert.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!