Marg‘ilon shahrida qora rangdagi "Gentra" avtomashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Marg‘ilon shahrida qora rangdagi "Gentra" avtomashinalari haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Ayni kunlarda Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida aynan qora rangdagi "Gentra" rusumli avtomashina haydovchilari tomonidan davlat raqam belgisini yechib olib, harakatlanish holatlari ko‘p uchramoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilyapti.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirda viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov shaxsan ishtirok etib, "Gentra" avtomashinalari haydovchilari bilan suhbat o‘tkazdi.

Unda yuqoridagi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aks holda haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilishi, avtomashina esa, jarima maydoniga olib kirilishi tushuntirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!