"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ronalduga o‘rinbosar topib qo‘ydi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ronalduga o‘rinbosar topib qo‘ydi

Mish-mishlarga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasida o‘ynash niyatida va shuning uchun yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. "Qizil iblislar" Ronalduni saqlab qolishmoqchi, biroq ayni paytda barcha mumkin bo‘lgan variantlarni ishlab chiqishmoqda.

Mirror nashri xabariga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu ketsa, "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag rahbariyatdan "Ayaks"da o‘zi bilan birga ishlagan Entoni bilan shartnoma imzolashni so‘raydi.

"Qizil iblislar" 22 yoshli braziliyalik futbolchiga uzoq vaqtdan beri qiziqish bildirib kelishayotgandi, ammo Amsterdam klubi tomonidan belgilangan 70 million funt sterling (taxminan 81 million yevro) "MYu"ni qo‘rqitmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, agar Ronaldu ketsa, ten Xag klubdan Entonini sotib olishni so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!