Manba: Suares faoliyatini Argentinada davom ettiradi

Manba: Suares faoliyatini Argentinada davom ettiradi

Luis Suares katta ehtimol bilan faoliyatini Argentinada davom ettiradi.

El Observador nashrining Radio Mitre'ga tayanib xabar berishicha, 35 yoshli hujumchi «River Pleyt» bilan kelishuvga erishgan. Aytilishicha, forvard shu dam olish kunlari transferni yakunlash uchun Buenos-Ayresga boradi. Shundan so‘ng klub o‘tish haqida rasman e’lon qiladi.

Hujumchi JCH-2022ga eng yaxshi formada borishni rejalashtirgan.

Urugvaylik futbolchi yangi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shiladi. Uning «Atletiko» bilan shartnomasi yakuniga yetdi.

Suares o‘tgan mavsumda La Ligada 35ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!