Mamlakatimizda o‘rtacha 2400 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi

Mamlakatimizda o‘rtacha 2400 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi

Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiyasi bo‘yicha 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda respublika bo‘yicha o‘rtacha 2 ming 400 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi.

➖Toshkent shahrida 2 ming 338 ta;
➖ Toshkent viloyatida 1 ming 415 ta;
➖Samarqand viloyatida 1 ming 690 ta;
➖Farg‘ona viloyatida 1 ming 690 ta;
➖ Qashqadaryo viloyatida 1 ming 78 ta;
➖Jizzax viloyatida 532 ta;
➖Navoiy viloyatida 622 ta;
➖Xorazm viloyatida 933 ta;
➖Namangan viloyatida 1 ming 137 ta;
➖Surxondaryo viloyatida 794 ta;
➖Andijon viloyatida 1 ming 457 ta;
➖Buxoro viloyatida 1 ming 7;
➖ Sirdaryo viloyatida 446 ta dorixona mavjud.

Respublikamizda 2018 yilda 10 ming 764 ta dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ularning soni 2019 yilda 11 ming 858 ta, 2020 yilda 13 ming 57 ta, 2021 yilda 14 ming 287 ta, 2022 yilda esa 15 ming 799 taga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!