Mamlakatimizda yetishtirilgan shaftolilarning asosiy xaridori Rossiya bo‘lmoqda

Mamlakatimizda yetishtirilgan shaftolilarning asosiy xaridori Rossiya bo‘lmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 66,2 mln dollarga teng bo‘lgan 74,3 ming tonna shaftoli eksport qilgan.

Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20 ming tonnaga oshgan. 2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p shaftolini Rossiyaga (62,9 ming tonna) eksport qilgan.

Ko‘rib chiqilgan davr mobaynida Qirg‘iziston 6,1 ming tonna, Qozog‘iston 4,5 ming tonna shaftolini O‘zbekistondan sotib olgan.

Shuningdek, o‘zbek shaftolilarini Turkmaniston (471 tonna) va Belarus (261 tonna) ham sotib olgan.

2022 yilning 8 oyida xorijga eng ko‘p shaftoli eksport qilgan hududlar:

Farg‘ona viloyati – 42,2 ming tonna;

Samarqand viloyati – 6,2 ming tonna;

Toshkent viloyati – 6 ming tonna;

Xorazm viloyati – 5,3 ming tonna.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!