Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga beriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga beriladi

Prezident tomonidan “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.

Hujjat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Maktabgacha ta’lim agentligining, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmalari, vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning xususiy sektorga o‘tkazilayotgan funksiyalari ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:

  • maktablarning 1-4-sinf o‘quvchilariga boshlang‘ich, 5-9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari joriy etiladi;
  • boshlang‘ich sinflarda informatika fani, o‘rta sinflarda esa o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan darslar joriy etiladi;
  • barcha fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkaziladi. Bunda, darslardagi mavzular aniq muammoni hal qilish orqali o‘rgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida o‘tkaziladi.
  • 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda:

  • malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi;
  • malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinguniga qadar malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni o‘tkazishga moratoriy joriy etiladi;
  • moratoriy davomida pedagog kadrlar navbatdagi malaka toifasini olish sinovlariga jalb etilmaydi hamda ularning malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatning amal qilish muddati navbatdagi sinovlarga jalb qilinguniga qadar avtomatik ravishda uzaytiriladi.

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!