“Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
2025 yil 1 sentyabrdan:
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;
I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
2026 yil 1 yanvardan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.
Россия АҚШ билан кенг кўламли келишув тузишга интилмоқда. Бу келишув Москванинг постсовет ҳудудидаги, жумладан Украинадаги таъсир доираларини тан олиш ҳамда Европадаги мавқеини мустаҳкамлашни ўз ичига олиши мумкин.
Мессенжер асосчисининг ўз каналида ёзишича, Telegram фақат жиноят содир этганликда гумон қилинаётган шахсларга оид IP-манзиллар ва телефон рақамларини ошкор қилган, бироқ шахсий ёзишмаларни эмас. Шаҳсий ёзишмалар ҳеч кимга ва ҳеч қачон ошкор этилмаган.
Хитой ноядровий водород бомбасини синовдан муваффақиятли ўтказди. Бу ҳақда South China Morning Post ўтган ойда эълон қилинган тадқиқотга асосланиб хабар берди.
Янги сунъий йўлдош тасвирлари илк бор Хитой ва Жанубий Корея оралиғидаги Сариқ денгизда икки мамлакат ўртасидаги муносабатларни кескинлаштирган улкан пўлат иншоотни аниқлади.