Maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti beriladi

Maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti beriladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida maktab qurishga yordam bergan fermerga yuksak davlat mukofoti berishini ma’lum qildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasida hududlardan vakillar ham videoaloqa orqali so‘zga chiqishmoqda. Jumladan, Bo‘ka tumanidagi hokim yordamchisi o‘z hududida maktab qurishda yordam bergan fermer haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, tumandagi "Navobod" mahallasida 3,5 mlrd so‘mlik 2 qavatli maktab binosi homiylik yordamlari evaziga barpo etilgan. Maktab qurilishida "Azim Muhammad" fermer xo‘jaligi raisi Ro‘ziboy G‘oyibov katta tashabbus va homiylik ko‘rsatgan.

Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida o‘quvchilarning ta’limi va tarbiyasiga e’tibor bergan tadbirkor va fermerlarga minnatdorlik bildirdi.

“Ular befarq odamlar emas. Ertaga ularning nomi tarixda qoladi. Ro‘ziboy aka, yana bir bor katta rahmat sizga. Sizga o‘xshagan fidoyi insonlar bilan ko‘rishishdan xursand bo‘laman doim", deydi davlat rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!