Makron Ukraina mudofaa vaziri bilan uchrashadi

Makron Ukraina mudofaa vaziri bilan uchrashadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron seshanba kuni Ukraina mudofaa vaziri Reznikov bilan Parij shahrida uchrashadi. Fransiya poytaxtiga Ukraina Oliy Radasi raisi Ruslan Stefanchuk ham kelishi ham rejalashtirilgan.

Makronning ma’lum qilishicha, agar Fransiya armiyasi Ukrainaga harbiy samolyotlar yetkazib berish orqali zaiflashmasa, samolyotlar Kiyevga yetkazib beriladi. Xuddi shu shartlar avvalroq Fransiya tomonidan Ukrainaga Leclerc tanklarining etkazib berilishi bo‘yicha ham bildirilgan edi.

"Ma’lumki, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mudofaa vaziriga harbiy samolyotlarni yetkazib berish masalasini o‘rganish bo‘yicha topshiriq bergan. Biroq, hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q", — deb ta’kidladi Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolumn.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!