Makron Suriya sanksiyalarini bekor qilishga va’da berdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Suriya o‘tish davri hukumati rahbari Ahmad ash-Sharani lavozimga kirishgani bilan tabriklab, Damashqqa qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish niyatida ekanini bildirdi.
5 fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbati chog‘ida Makron «mamlakatning Bashar Asad rejimidan ozod bo‘lishi» haqida gapirdi va Suriyani o‘tish davrida qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Ahmad ash-Shara Makronga minnatdorchilik bildirib:
🔹 «Suriya mintaqada faol va ijobiy o‘yinchiga aylanish niyatida.»
🔹 «Mamlakat tiklanishiga to‘sqinlik qilayotgan iqtisodiy sanksiyalardan qutulishimiz kerak.»
📌 Bashar Asad 2024 yil 8 dekabrda Rossiyaga qochganidan so‘ng Ash-Shara hokimiyatga keldi.
📌 Bu bilan Suriyada 61 yil hukmronlik qilgan «Ba’as» partiyasi tugatildi.
📌 Urush oqibatida yuz minglab odam halok bo‘ldi, 8 million suriyalik qochqinga aylandi.
📍 Ash-Sharaning ilk tashrif manzili – Saudiya Arabistoni.
🔹 U yerda valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashib, xavfsizlik, barqarorlik va Suriya tiklanishi masalalarini muhokama qildi.
🔹 Saudiya Arabistoni ilgari Damashq bilan aloqalarni uzgan bo‘lsada, endi hamkorlik va investisiyalarga tayyor ekanini bildirgan.
📍 Yanvar oyida Germaniya va Fransiya tashqi ishlar vazirlari Damashqqa bordi.
🔹 Annalena Berbok va Jan-Noel Barro 12 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Suriyaga tashrif buyurdi.
🔹 Yevropa Ittifoqi mamlakatni tiklash va milliy yarashuvga ko‘maklashishga tayyorligini e’lon qildi.
🔹 Berbok: «Asadning og‘riqli davri tugadi. Suriyaliklar o‘z vatanini qaytarish imkoniga ega bo‘ldi.»
AQSh va Britaniya ham Suriya iqtisodiy tiklanishi uchun cheklovlarni yumshatishga tayyorligini bildirgan, biroq hozircha real harakatlar bo‘lmadi.