«Majburiy obuna qildirishsa, menga ayt. O‘zim ta’zirini beraman, qahramon bo‘laman...»

A A A
«Majburiy obuna qildirishsa, menga ayt. O‘zim ta’zirini beraman, qahramon bo‘laman...»

MATBUOT SAHIFALARIDA 

​«DINOZAVR»

* Biz matbuot do‘konlarida ijtimoiy-siyosiy nashrlarning bo‘lmasligiga o‘rganib qoldik... 

* Bozorlarda, gavjum joylarda bunday nashrlarning yerga yoyib sotishayotganiga ko‘nikmadik, uchratmadik... 

* Avtobuslarda, avtoturargohlarda yosh bolalarning shov-shuvli, jiddiy maqolalar haqida bong urgani haqida eshitmadik... 

* TVda rasmiy nashrlarning reklamasi, sharhi berilmadi... 

Bunga ehtiyoj ham yo‘q edi. Chunki muassisi bo‘lgan nashrlar "ko‘chada" qolmasdi... 

Rasmiy-siyosiy nashrlar "indamaygina", "imi-jimida" tashkilotlarga kirib bordi. Davlat tashkilotiman, degan borki, yilning so‘nggi choragida obuna muammosiga duch keldi. Gazetaga muammo, deb qaraldi. Buning ko‘plab asosli omillari bor, albatta. 

"Jiddiy" gazetalar o‘ta jiddiylashib ketdi. Kam eshitadigan, ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldi. Orol qurib bordi, nashrlar sahifalarini suv bosdi... Katta yozuvchi aytganidek, mazmun degan narsa bir paqir suvning ustida suzib yurgan yog‘ga o‘xshab qoldi. Nashrlarimiz ko‘pincha jiddiy tashkilotlarning hisoboti, me’daga tegadigan tadbirlari bilan to‘yindi. Xodimlar qarg‘a "qag‘" etganda bosiladigan tanqidiy, tahliliy materiallar bilan gazetxonni ushlab turishiga ishondi. Jurnalist muammoni izlab borganidan ko‘ra, muammo jurnalistni izlab kelgan holatlar ko‘p bo‘ldi. Bunday murojaatlarga javoban hafsala qilgan tahririyatlar bo‘ldi. Muammoni borib o‘rgandi, yechim topdi.

Va bu harakatlar bizni harakatsizlikka o‘rgatib qo‘ydi.

Bu urinishlar bilan gazeta qilib bo‘lmas ekan. Bunday gazetalarni odamlar o‘z istagi bilan o‘qimas ekan. Matbuot do‘konidan izlamas ekan.

Natija esa bugun ko‘pchiligimizga ma’lum. 

UYQU UYFOTDI... 

Rasmiy bosma nashrlarning uzoq uyqusi internetni uyg‘otib yubordi. Biz kecha tan olmaganimiz, tasavvur qilolmaganimiz uchun bugun uyalib qolyapmiz. Texnika – bu texnika, taraqqiyot – bu taraqqiyot! 

Insoniyat yo‘qolib ketgan turlar haqida gapirganda, odatda dinozavrlar va mamontlarni esga oladi. Chunki ular hajman katta. Shu sabab, bizga qiziq tuyuladi. Va ularni o‘zimizcha "sog‘inib" ham qo‘yamiz. Kino va multfilmlarda, badiiy asarlarda gavdalantiramiz. Insoniyatni shafqatsizlikda, tabiat kushandasi sifatida ayblaymiz. Bugungi kunda yo‘qolib borayotgan turlar fojiasida ham insonni ayblaymiz. 

O‘zi shunaqa, yo‘qotilgach, qadri bilinadi. 

Nima bo‘pti, gazeta ham bugungi dinozavr! Odamlarni orasiga sig‘mayapti. Hajman kattaligi, yo‘q, hajman mavjudligi bilan bizni qiynayapti. Millionlab daraxtlarni "eyapti" (!) Yuz minglab odamlarning cho‘ntagiga o‘g‘rilarcha qo‘l solyapti. Oyligiga ko‘z tikyapti. 

Xulosa qilganlar ham bor: gazeta-dinozavr – bu qandaydir noma’lum tur. Qachon paydo bo‘lganiyam noma’lum va u albatta, yo‘qolishi kerak! U sog‘ib bo‘lingan sigir. Ikki asr sut berdi axir, qaridi-da! Axborotni endi TV, radio, internet ham bera oladi. 

ESKI ODAMLAR

Yaqinda to‘qsonga yaqinlashib qolgan faxriy jurnalist Gadoy Meliyev keldi. Bu odam kamina tug‘ilmasidan qirq yillar avval gazetachilikni boshlagan: – Bolam, gazetani sog‘inaman-da. Hech narsa gazetaning o‘rnini bosolmasa kerak. Anchadan beri kelolmagandim, mana, mahalladan yangiliklar, yaxshi xabarlar olib keldim. Gazetada bering, o‘qib bir xursand bo‘lishsin! 

Shokir Sheraliyev – bu odam bir paytlar ancha-muncha yuragi botirlar ham qo‘l urmagan ishni amalga oshirgan. O‘zi tug‘ilib o‘smagan, mushugiyam adashmagan chekka bir tumanga borib tuman gazetasini tashkil qilgan. O‘sha gazetani o‘qib, ma’rifatli bo‘lganlar bugun juda katta odam. Shokir akani tanimasayam kerak. "Tumanda o‘zi birgina ommaviy axborot vositasi bor. Mahalliy xabarlar, yangilik va muammolarni shu orqali o‘qiyapmiz. Yonimizdagi odamlar, aniqrog‘i, biz haqimizda Toshkentdan kelib yozishmaydi-ku. Buning imkoniyati ham yo‘q. Kulmasangiz aytay, kamiga men internetni tushunmayman. Mahallada telefondan shunchaki, foydalanish uchun ham "antenna" izlaymiz..." dedi ustoz. 

Hasan Sultonov – "Oltin qalam" xalqaro ko‘rik-tanlovi sohibi. Mohir karikaturachi. "Mushtum"ni uzoq yillar, hozir ham "gullatayotgan" rassomlardan biri. Jomboylik bo‘lgani uchun hazil-chin shart qo‘ydik: "Yoki bizgayam karikatura chizib berasiz yoki ko‘chib ketasiz!" "Shart"ni qabul qildi. Hozir bu odam tahririyatning o‘z xodimiga aylanib qoldi. Foya va takliflarimizni istaganimizdan-da yaxshiroq aks ettiryapti. Har bitta karikaturasidan keyin tahririyatga "kattakon"lardan qo‘ng‘iroq bo‘lib turibdi. "Ilhom quyilib kelyapti. O‘zimni yosharganday sezyapman. Meni Jomboyga qaytadan tanitib yubordilaring, mashhur bo‘lib ketdim..." deydi Hasan aka. 

Bu toifa kishilarni birgina Jomboyning o‘zida istagancha sanash imkoniyatimiz bor. Ular hozir ham biz, nabiralari tengi avlod bilan yelkadosh. 

Afsuski, ularning hech biri bugun internetni bilmaydi. Ular dinozavr davrida yashashgan, ishlashgan... 

Tahririyat qoshida tashkil etilgan "Parvoz" to‘garagida ham qirqqa yaqin yoshlar maqola, she’r va hikoyasi bilan qatnashib turibdi. Ayrimlarining qo‘lida zamonaviy telefoni, internetga kirish imkoniyati bo‘lsayam, hozircha ular shu yerda, yonimizda. 

JARAYON BORMI – HAYOT BOR

Ustozimiz aytardi: "Maqola tayyorlamoqchi bo‘lgan joyingda qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, buni inobatga ol. Tartibsizlik, pala-partishlik bartaraf etilayotganini ko‘rding, ishondingmi, u yerda sen qiladigan ish qolmadi. Muhimi, muammo bartaraf etilyapti. Jarayon ketayotganda, ularning ustiga chiqib tepish shart emas..."

Bugun o‘zbek bosma ommaviy axborot vositalarida tiklanish jarayoni ketyapti. 

Nashrlar eski aqidalaridan voz kechyapti. (Voz kechmayotganlar bo‘lsa, ular ham yangicha ishlashga ertaga emas, bugun o‘tishi kerak). 

Masalan, birinchi marta Samarqand viloyatidagi "Zarafshon" gazetasi obuna uyushtirgan tashkilotlarga qimmatbaho sovg‘alar va’da qildi. Vaholanki, har yili soha faxriylari, ellikka yaqin pensionerlar tahririyat hisobidan obuna qilib berilardi. 

Navoiy viloyati Karmana tumani "Karmana ovozi" gazetasi obuna bo‘lgan tashkilotlarga kitob sovg‘a qilishni taklif qildi. 

Yana bir qator tahririyatlar (imkoniyati bori) gazetani obunachiga o‘zi yetkazib berishni rejalashtirib turibdi. Xalqqa yaqin bo‘lamiz, obunachining fikrini, taklifini olamiz. Joylardan xabarlarimiz ko‘payadi, degan fikrda. 

Boshqa bir nashr gazetani bozorlarda, aholi gavjum joylarda jarchilar orqali sotishni o‘ylayapti. 

Biz bilmagan, eshitmagan loyihalarni o‘ylayotganlar topiladi, albatta. Bozor talabi, zamon talabi – shu. 

Bosma nashrlarning so‘nggi ikki yilda ancha jonlangani, tahliliy-tanqidiy xabarlarning ko‘paygani, xabar va yangiliklarni veb-sayt, turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib borayotgani esa izoh talab qiladigan masala ham emas. (Qolaversa, uzoq yillar davomida kuzatilgan o‘lik sukunat faqat bosma OAVlarga emas, TV, radioga ham birdek tegishli). 

Shu paytgacha bunday harakatlar deyarli bo‘lmagan. Xo‘sh, gazetalarning yangicha ishlash tartibiga o‘tayotgani, zamon talablarini o‘ziga singdirayotgani – bu tiklanish jarayoni bo‘lmay, nima? Bu harakatlarga istalgan tizimda bo‘layotgan islohotlar kabi qarash kerak, xolos. Ushbu vaziyatda sohaning ustiga chiqib tepish emas, jo‘yali, asosli, mantiqli takliflar berish aqlli odamning ishidir. 

GAZETAFOBIYa

Yaqinda majburiy obunaga yo‘l qo‘ygani uchun Bekobod tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri ishdan olindi. Bu xabar ishini yaxshi ko‘radigan har qanday tashkilot rahbarini sergaklantirdi. Gazetani, deb ishdan ketishni kim ham xohlardi! 

Masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Endi xalq ta’limi bo‘limi mudirlari, boringki, istalgan tashkilot rahbari xodimiga "Gazeta o‘qing", deyolmaydigan darajada qo‘rqib qolmadimikan? 

Bizningcha, gazetafobiya shu taxlit rivojlantirib borilsa, bosma nashrlar shu yilning o‘zidayoq juda og‘ir holatga tushib qolishi aniq. Chunki biz "Majburiy obuna qildirishsa, paxtani majburiy terdirishsa, menga ayt. O‘zim ta’zirini beraman, qahramon bo‘laman" deyapmiz. Ammo "Vijdon va aql tarozisi bilan o‘yla. Paxtani fursati kelib sening yordamingsiz ham terib olishlari mumkin. Hozircha qalb amri bilan paxta ter, shundayam tekinga emas. Borki, gazeta o‘qi. Saviyang, salohiyating uchun. Sohangni yaxshi mutaxassisi bo‘lishing uchun bu ham bir manba", demayapmiz. 

XULOSA 

Bosma nashrlarda ishlayotganlar majburiy obuna tarafdori emas. To‘g‘ri, shu paytgacha mexanizm shunday ishlab kelgandi. Endi o‘sha halqa uzib qo‘yildi. Demak, endi gazeta xodimining mehnati yanada og‘irroq, zalvorliroq bo‘ladi. 

Dunyoda gazeta o‘qilyapti. Qaysidir mamlakatda yuz kishidan uch-besh kishi, boshqasida ellik va undan ortiqroq kishi gazeta o‘qiydi. Ammo biz qanday davlatga aylanganimiz ma’qul? O‘qiydigan, ongli tarzda mutolaa qiladigan jamiyatgami yoki osongina gazetadan voz kechadigan millatgami? 

Insonga beriladigan eng eski va dastlabki savol: "Xo‘sh, kim bo‘lmoqchimiz?!" 

Isomiddin Po‘latov,

jurnalist

Manba: “Jomboy tongi” gazetasi

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

“Barsa” mashhur futbolchisidan voz kechadigan bo‘ldi

“Барселона” раҳбарияти жамоанинг франциялик легионери Жюль Кунденинг клубдан кетишига тўсқинлик қилмоқчи эмас, аксинчи унинг трансферини қўллаб-қувватлайди.

Eron AQSh prezidentining yangi tahdidlariga javob qaytardi

Трампнинг таҳдидлари ва АҚШнинг Харг оролига берган зарбаларидан сўнг, Эрон Яқин Шарқдаги нефт-газ ва энергетика инфратузилмасини бутунлай йўқ қилиш ҳамда Боб ал-Мандеб бўғозини ёпиш билан таҳдид қилди

Tramp Eronning "g‘alabasi" haqidagi da’vosidan g‘azablandi

Трамп бу ҳақда ўзининг Truth Social саҳифасида ёзди.

Tramp iste’foga chiqadi(mi)?

Трампни рақиблари унинг Эронга қилган таҳдидларидан сўнг, президентни “руҳий жиҳатдан носоғлом” деб атаб, уни истеъфосини талаб қилишмоқда.

Isroil Tehrondagi yahudiylar ibodatxonasiga zarba berdi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Эсмаил Бағайи бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида ёзди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.