Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida film suratga olinmoqda​​​​​​​

Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida film suratga olinmoqda​​​​​​​

"O‘zbekkino" Milliy agentligi Buxoroda buyuk tarixiy shaxs, o‘zbek dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi tarixiy dramani suratga olish ishlari boshlangan edi. Hozirda esa filmni suratga olish ishlari yakunlanmoqda.

Behbudiy jadidchilikning atoqli vakili, ma’rifatparvar va milliy teatr san’atining asoschilaridan biri bo‘lgan. 

Film o‘sha davrning haqiqiy voqealariga asoslangan bo‘lib, XIX asr oxiridan XX asrning 20-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Filmning badiiy mohiyati katta epizodli xotiralardan iborat bo‘lib, ular orqali Mahmudxo‘ja Behbudiyning butun hayot yo‘liga chuqur nazar solish mumkin. Film haqiqiy tarixiy voqealarga to‘la bo‘lib, unda Qo‘qon xonligining mag‘lubiyati, qochqinlar va harbiy to‘qnashuvlar haqida hikoya qilinadi. 

Buxoroda Behbudiyning qamoqdagi so‘nggi kunlari, zindondagi epizodlari suratga olinadi. Bundan tashqari, filmning suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand va yurtimizning boshqa shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. 

Ssenariy mualliflari va film rejissyorlari – Baqo Sodiqov va Ulug‘bek Sodiqovlardir.

"Ushbu film "O‘zbekkino" Milliy agentligining maxsus buyurtmasi asosida ma’rifatga yo‘g‘rilgan Islom asoslari va uning asl mohiyatini butun dunyoga ko‘rsatib bergan jadidchilar va xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiyning fidokorona xatti-harakatlariga ehtirom sifatida suratga olinmoqda. Bunday daholar insonparvar millatimizning asl in’ikosi va ularning yorqin xotirasini tiklash biz uchun farzdir! Filmda aks etgan Behbudiyning ko‘plab monologlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan”, – deydi film rejissyori Ulug‘bek Sodiqov.

Bu yil 145 yilligi keng nishonlanishi kutilayotgan taniqli olim va publisist Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi mazkur tarixiy drama tomoshabinlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!