Magnus Karlsen: "Abdusattorov uchun afsusdaman..."

Magnus Karlsen: "Abdusattorov uchun afsusdaman..."

Norvegiyalik shaxmat yulduzi, jahon chempioni Magnus Karlsen Veyk-an-Zeedagi turnir yakuni bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Nodirbek uchun afsusdaman. U butun turnir davomida yetakchi bo‘lib keldi. Sen ilk bora bunday holatda bo‘lganingda, bu og‘ir bo‘ladi. Senda hatto katta tajriba bo‘lsa ham, bunday turnirda uzoq vaqt davomida yetakchi bo‘lib turish qiyin. Uni his qilyapman.

Anish Giriga keladigan bo‘lsak, u uzoq vaqt ichida ilk bora meni ortda qoldirdi. Tabriklayman. Bu narsa u uchun yaxshi vaqtda sodir bo‘ldi. U bir necha marotaba bunga yaqin kelgandi. Bu safar omad u tomonda bo‘ldi", - dedi Magnus Karlsen.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!