Madaniyat va san’at milliy mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Madaniyat va san’at milliy mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tadi

28 yanvar kuni Toshkent shahrida «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz madaniyati va san’atini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qo‘shgan iste’dodli ijodkorlar taqdirlanadi.

Qayd etish lozimki, ushbu taqdirlash marosimi har yili an’anaviy tarzda bir marta ijodkorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, an’anaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at, badiiy ijod hamda madaniyat va san’atning boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari ishtirok etadi.

Mukofot uchun nomzodlarni tanlab olish jami 20 ta tegishli nominasiya asosida tashkil etiladi.

Mukofotga sazovor bo‘lgan ijodkorlar BHM(bazaviy hisoblash miqdori)ning 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi va ularga mukofot maxsus statuetkasi hamda sertifikati topshiriladi.

Milliy mukofot marosimi soat 18:00da «Zo‘r TV» teleradiokompaniyasining «Renessans Xoll» suratga olish majmuasida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!