M1 Abrams tanklari Ukraina armiyasi uchun Leopard 2 ga qaraganda kamroq mos keladi

M1 Abrams tanklari Ukraina armiyasi uchun Leopard 2 ga qaraganda kamroq mos keladi

Amerikaning M1 Abrams tanklari Ukraina armiyasi uchun Germaniyaning Leopard 2 ga qaraganda kamroq mos keladi, deb yozadi Financial Times.

Abrams va Leopard o‘rtasidagi asosiy farq 1500 ot kuchiga ega Honeywell AGT gaz turbinali dvigatelidir. Bu dvigatel «juda yuqori yoqilg‘i sarfi evaziga juda yuqori tezlanish» beradi. Uning murakkabligi ekipajni uzoqroq tayyorlashni talab qiladi.

Bundan tashqari, Abrams doimiy ravishda katta miqdordagi ehtiyot qismlar bilan ta’minlanishi kerak va ta’minot tarmog‘i AQShda joylashgan, deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!