Lukashenko bu rejalarni "aqldan ozganlik" deb atadi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Britaniya rasmiylarining Kiyevga tugatilgan uran o‘q-dorilarini yetkazib berish rejalarini "aqldan ozganlik" deb atadi.
Uning fikricha, bunga javoban Rossiya Belarusga haqiqiy uran bilan snaryadlar yetkazib berishi mumkin.
"Bunday holatda Rossiya bizga haqiqiy uran bilan o‘q-dorilar yetkazib beradi... Agar ular aqldan ozgan bo‘lsa, unda ular bu jarayonni davom ettiradi", - deya Lukashenkoning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Belarus prezidenti G‘arbni “jinnilikdan biroz chetga chiqishga” chaqirdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)