"Liverpul" o‘yin yakunida penaltidan kiritgan goli evaziga "Inter" maydonida g‘alaba qozondi
"Liverpul" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi - 1:0. O‘yin Milandagi "Juzeppe Meassa" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Ikkinchi bo‘lim oxirida milanliklar darvozasiga 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi, uni Soboslai golga aylantirdi.
"Liverpul" ochkolarini 12 taga yetkazib, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Inter" 12 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.
ECHL. 6-tur
10 dekabr, 01:00
Inter - Liverpul - 0:1
Gol: Soboslai, 88 - penaltidan (0:1)
Inter: Zommer, Acherbi (Bissek, 31), Bastoni, Akandji, Xakan Chalxanoglu (Zelinski, 11), Mxitaryan (Karlos Augustu, 82), Barella, Dimarko (Suchich, 82), Luis Enrike, Tyuram (Bonni, 82), Martines
Liverpul: Alisson, van Deyk, Konate, Robertson, Gomes (Bredli, 68), Gravenberx, Makallister, Soboslai, Ekitike, Djons, Isak (Virs, 68)
Ogohlantirishlar: Martines, 13. Mxitaryan, 57. Bastoni, 87 - Ekitike, 39. Djons, 73
