Litva Seymi rossiyalik va belarusliklarga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi

Litva Seymi rossiyalik va belarusliklarga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi

Litva parlamenti birinchi o‘qishda qonun loyihasini ma’qulladi, unda tashqari, Rossiya Federasiyasi va Belorussiya fuqarolarining Litva fuqaroligiga o‘tish to‘g‘risidagi arizalari qabul qilinmaydi va oldin berilgan arizalarni ko‘rib chiqish to‘xtatiladi.

O‘zgartirishlar mualliflari, ichki ishlar vaziri Agne Bilotayte va Seymning Milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi raisi Laurinas Kashyunas so‘zlariga ko‘ra, "ushbu cheklovchi chora Litva Respublikasi fuqaroligini olish imkoniyatini bekor qilishni emas, fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar va qarorlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi».

Qonun loyihasida Litvaning xorijdagi viza xizmatlarida Rossiya Federasiyasi va Belorussiya fuqarolaridan viza olish hamda yashash uchun uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatish (vositachi Litva Tashqi ishlar vazirligi bo‘lgan hollar bundan mustasno), belgilandi. Istisno milliy yoki Shengen vizasi egalari, shuningdek, oldindan yashash uchun ruxsatnoma yoki uni berish to‘g‘risida qarorga ega bo‘lganlar uchun qo‘llaniladi.

Qonun loyihasida, shuningdek, Rossiya fuqarolarining Yevropa Ittifoqining tashqi chegarasi orqali Litva hududiga o‘tishi «individual qo‘shimcha batafsil tekshiruvdan o‘tishi kerakligi» qayd etilgan.

Bundan tashqari, birinchi o‘qishda tasdiqlangan tuzatishlar rossiyalik jismoniy shaxslarga, shuningdek, ular tomonidan yaratilgan yoki nazorat qilinadigan yuridik shaxslarga Litvada ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqlaydi. O‘z mamlakatida ta’qibga uchragan yashash uchun ruxsatnoma egalari uchun istisno qilingan.

Shuningdek, tuzatishlar Rossiya va Belorussiya bilan iqtisodiy aloqalarni davom ettiruvchi litvalik siyosatchilarga aloqador kompaniyalar haqidagi ma’lumotlarni chop etishni nazarda tutadi.

Qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilish uchun 113 deputat ovoz berdi, 9 nafari betaraf qoldi, birorta ham deputat qarshi ovoz bermadi.

Qonun loyihasi hali ikkinchi o‘qishdan o‘tishi kerak.

Litva Rossiya Federasiyasi va Belarus fuqarolariga vizalar berishni Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan bir necha kun o‘tib to‘xtatib qo‘ydi. Gumanitar vizalar bundan mustasno.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!