Leopard tanklari qachon Ukrainaga yetkazilishi ma’lum qilindi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Welt telekanali orqali Ukrainaga Leopard tanklari mart oyi oxirida yetkazilishi mumkinligini aytdi.
“O‘ylaymanki, biz o‘z (tanklarimiz) “Leopar”larimizni, balki mart oyi oxirida yetkazib beramiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Avvalroq Polsha milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Voysex Skurkevich respublika bir necha hafta ichida Ukrainaga “Leopard” tanklarini topshirishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)