Laboratoriyalar xalqaro standartlarga mos emasligi meva-sabzavotlarimizga ishonchni so‘ndiradi

Laboratoriyalar xalqaro standartlarga mos emasligi meva-sabzavotlarimizga ishonchni so‘ndiradi

Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investisiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Muloqotda yurtimizdagi laboratoriyalar xalqaro standartlarga mos emasligi oqibatida o‘zbek meva-sabzavotlariga ishonch so‘nayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari ko‘tarilgan masalaning o‘rinli ekanini qayd etdi va muammoning yechimini ko‘rsatib berdi.

Jumladan, yaqinda O‘mon sultonligi bilan Yuqorichirchiqdagi Agroxizmatlar markazida xalqaro akkreditasiyadan o‘tgan ilk xususiy laboratoriya ochildi. Shu yilni o‘zida 8 million dollar investisiya hisobiga Zangiota tumani, Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ham xuddi shunday zamonaviy laboratoriyalar ishga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!