La Liga. Bugun «Real Madrid» «Espanyol»ni imtihondan o‘tkazadi, «Atletiko Madrid» esa «Xetafe» maydoniga safar qiladi (Anons)

La Liga. Bugun «Real Madrid» «Espanyol»ni imtihondan o‘tkazadi, «Atletiko Madrid» esa «Xetafe» maydoniga safar qiladi (Anons)

Kecha 21 sentyabr sanasida Ispaniya La Ligasining 5-tur bahslariga start berildi. «Ueska» jamoasi o‘z uyida «Real Sosyedad»ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bugun, 22 sentyabr kuni tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Jumladan, «Atletiko Madrid» «Xetafe» maydoniga safar qiladi. O‘yin 21:30 da boshlanishi belgilangan.

«Real Madrid» esa o‘z maydonida «Espanyol»ni qabul qilib, imtihondan o‘tkazadi. Mazkur o‘yin esa 23:45 da boshlanadi.

Musobaqa peshqadami «Barselona» esa o‘z uchrashuvini ertaga «Jirona»ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga

5-tur bellashuvlari

21 sentyabr, juma

«Ueska»—«Real Sosyedad» 0:1

Gol: 0:1—64 Merino.

Chetlatishlar: Xuanmi (71), Teo (82).

22 sentyabr, shanba

«Rayo Valyekano»—«Alaves» 16:00

«Selta»—«Valyadolid» 19:15

«Eybar»—«Leganes» 19:15

«Xetafe»—«Atletiko Madrid» 21:30

«Real Madrid»—«Espanyol» 23:45

23 sentyabr, yakshanba

«Levante»—«Sevilya» 15:00

«Vilyarreal»—«Valensiya» 19:15

«Betis»—«Atletik Bilbao» 23:00

«Barselona»—«Jirona» 23:45

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!