KXDR Soxe poligonidagi «muhim sinov» haqida ma’lum qildi

KXDR Soxe poligonidagi «muhim sinov» haqida ma’lum qildi

Shimoliy Koreya mamlakat shimoli-g‘arbidagi Soxe poligoni start maydonida «muhim sinov»ni o‘tkazdi. Bu haqda KXDR axborot agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi «Kommersant’».

«Hozirgi muhim sinovning natijasi yaqin orada KXDRning strategik maqomi navbatdagi ravishda o‘zgarishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi», — deyiladi agentlikning Shimoliy Koreya milliy mudofaa fanlar akademiyasi vakili bayonotiga tayanib bergan xabarida.

Ma’lumot uchun, KXDR yetakchisi Kim Chen In 2018 yili Soxe poligonini yopishga rozi bo‘lgandi. O‘sha yilining avgust oyida poligon demontaji to‘xtatildi, 2019 yil martida esa start maydonida tiklash ishlari boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!