Ko‘p martalik niqob qanday qilib virusdan himoya qilishi mumkin?

Ko‘p martalik niqob qanday qilib virusdan himoya qilishi mumkin?

- Astmatik va epileptiklar niqobni qanday taqishlari mumkin?

- Astmatiklar uchun niqoblarni qo‘llash zararli emas. Agar biror sababga ko‘ra inson niqob taqishi mumkin bo‘lmasa, unda bu inson jamoat joylari, do‘konlarga bormasligi, transport vositalariga chiqmasligi kerak.

- Ko‘p martalik niqob qanday qilib virusdan himoya qilishi mumkin?

- Ko‘p martalik niqoblar yuzasidan savollar ko‘p. Agar niqob yaxshi o‘rganilmagan materialdan tayyorlangan bo‘lsa va turli zarrachalar, shu jumladan, virusni o‘tkazsa, bunday niqobdan foyda yo‘q. 

Niqob sotib olayotganimizda uning tibbiy maqsadlarda foydalanilishi borasidagi hujjatlarini tekshirishimiz lozim. Agar niqob materialining aniq tarkibi va uning samarasi haqida bilmasak, noma’lum ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan niqoblarni ishlatmaslik kerak.

Tatyana Rujensova, Tibbiyot fanlari doktori, Rospotrebnadzor epidemiologiya ilmiy tadqiqotlar markaziy instituti bo‘lim boshlig‘i


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!