✅ Organizmdagi suv balansini me’yorda ushlab turish uchun qancha suv ichgan ma’qul ekani haqidagi bahslarga duch kelib turamiz. Ayrim mutaxassislar 2 litr, boshqalari 3 litr, uchinchi guruh vakillari esa ehtiyojga qarab suv ichish kerak deb ta’kidlaydi.
🖇 Aslida esa har kuni ichish uchun maqbul suv miqdori bo‘yicha umumiy bitta ilmiy xulosaga kelinmagan. Bu markaziy asab tizimi va bir nechta boshqa organlarni o‘z ichiga olgan organizmdagi suvni tartibga solish tizimining murakkabligi, shuningdek, tananing individual xususiyatlari bilan izohlanadi.
📝 Insonning suvga bo‘lgan ehtiyoji turli omillarga bog‘liq, ularning asosiylari:
🔸 jismoniy faollik darajasi;
🔸 atrof muhitdagi iqlim sharoitlari (harorat, namlik darajasi);
🔸 umumiy salomatlik holati;
🔸 vazn;
🔸 maxsus davrlar (homiladorlik va emizish).
🟢 Odamlar organizmi turlicha bo‘lgani sababli, vazn, terlash, natriy yo‘qotish va iqlim sharoitlariga qarab ehtiyojlarini aniqlab olgani foydali.
👩🏻⚕️ Diyetologlarning fikriga ko‘ra, o‘rtacha havo harorati va o‘rtacha jismoniy faollik sharoitida kuniga ichish kerak bo‘lgan toza suv miqdorini bir kilogramm vaznga 20-40 ml formulasi bo‘yicha hisoblash mumkin.
🧊 Shunday qilib, katta yoshli erkaklar kuniga o‘rtacha 1,75 dan 2 litrgacha, ayollar 1,4 dan 1,6 litrgacha, bolalar (yoshiga qarab) 1 dan 1,6 litrgacha, o‘smirlar esa bir oz ko‘proq suv ichishlari kerak.
🔄 Bu oziq-ovqat tarkibidagi suvdan tashqari o‘rtacha hisob bo‘lib, u har bir kishi uchun alohida tanlanishi kerak. Ekstremal sharoitlarda tanada kuniga taxminan 8000 mlgacha suv yo‘qotilishi mumkin va uni kerakli miqdorda suyuqlik va elektrolitlar (natriy, magniy, kaliy, kalsiy) bilan to‘ldirib olish zarur.
🔗 Ba’zida tanadagi suvning umumiy miqdori kamayishi yoki ko‘proq suyuqlik yo‘qotilishi natijasida suvsizlanish yuzaga keladi.
🔻 Uning umumiy belgilari:
🔹 og‘iz bo‘shlig‘i, til va ko‘zlarning quruqligi;
🔹 chanqash hissi;
🔹 bosh og‘rig‘i;
🔹 charchoq.
📝 Ko‘p odamlar kuniga yetarli miqdorda suv ichish borasida qiynalishadi. Bu borada kun bo‘yi to‘g‘ri suv ichishni odat qilib olishga va gidrasiya darajasini muvozanatda ushlab turishga yordam beruvchi ayrim maslahatlarni keltiramiz:
📎 ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng darhol och qoringa bir stakan iliq suv (250 ml) iching;
📎 ichadigan suvingizni quyidagicha taqsimlab oling: tushlikdan oldin 500 ml, tushdan keyin kechki ovqatgacha 500 ml, ovqatlanayotganda bir stakan;
📎 har safar chanqaganingizda, hatto, kechasi ham (lekin yotishdan kamida 30 daqiqa oldin) suv iching.
🥘 Diyetologlar ovqatdan oldin, ovqat paytida va undan keyin muntazam tozalangan suv ichishni tavsiya qiladi. Suvni ovqatdan 15-30 daqiqa oldin ichish ideal variantdir. Bu yeyilgan ovqatning to‘liq hazm bo‘lishini ta’minlaydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жума куни кечқурундан бошлаб оммавий ахборот воситаларида 15 август куни Аляскада АҚШ президенти Дональд Трамп ва Владимир Путин муҳокама қилмоқчи бўлган «тинчлик режаси» ҳақидаги тафсилотлар тарқала бошлади.
Жей Ди Вэнс Fox News телеканалига берган интервюсида журналистнинг Трамп ва Путин ўртасида Аляскада бўлиб ўтадиган музокаралар ҳақидаги саволларига жавоб берди.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.