Kun kulgisi!.. (44-qism)

Kun kulgisi!.. (44-qism)

Jinni qo‘liga ko‘zgu oldi-da, tikilib turib sherigiga dedi:

— Qara, negadir manavi bashara tanish ko‘rinayapti.

— Qani, ber-chi!..

Ikkinchi jinni ham ko‘zguga tikilib turdi-da, qichqirdi:

— E, ahmoq, axir, bu menman-ku!

 

***

 

Piyonista shishadoshidan so‘radi:

— S-sen meni h-hurmat qilasanmi?

— S-sen... Buni yaqindagina so‘rading.

— N-nima deb javob qilding sen?

— E-esimda yo‘q...

 

***      

 

Siyohdonga pashsha tushib qoldi. Dadasi vrach bo‘lib ishlaydigan bolakay sekin pashshani sug‘urib oldi-da, oppoq qog‘oz ustiga qo‘yib birpas tikilib turgach, baqirdi:

— Oyi, qarang, pashshayam xuddi dadamga o‘xshab yozarkan!

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!