Kuba Sog‘liqni saqlash vazirligi yirik yong‘in joyida to‘rt kishining jasadi topilganini ma’lum qildi

Kuba Sog‘liqni saqlash vazirligi yirik yong‘in joyida to‘rt kishining jasadi topilganini ma’lum qildi

Kubaning Matanzas provinsiyasidagi neft omborida yong‘in sodir bo‘lgan joyda to‘rt kishining jasadi topildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Xose Portal ma’lum qildi.

"Juma kuni soat 16:00 da voqea joyida olib borilgan ishlar to‘rt xil odamga tegishli suyak qoldiqlarining birinchi bo‘laklarini aniqlash imkonini berdi”, — deyiladi RIA Novosti xabarida .

Portalning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida qidiruv ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel 5 avgust kuni Matanzas provinsiyasidagi neft omborida yuz bergan yirik yong‘in o‘chirilganini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!